O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat va fuqarolik jamiyatning asosi Reja: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Konstitutsiya - huquqiy demokratik davlat asosi. Konstitusiya - fuqarolik jamiyatining mustahkam asosi. Dunyoda suveren deb e'tirof etilgan har bir mamlakat o'zi-ning Konstitutsiyasi, davlat ramzlari - gerbi, bayrog'i, madhi-yasiga ega. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o'zining davlat ramzlarini yaratishga alohida e'tibor bilan qaradi. Oliy Kengash Davlat bayrog'i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasi haqida qonun loyhalarini tayyorlash, Oliy Kengash sessiyasi muhokamasiga taqdim etish to'g'risida qaror qabul qildi. Konstitutsiyaviy komissiya O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida qariyb 2,5 yil ishladi. Konstitutsiyaviy komissiyaning 1991- yil 12- aprelda bo'Igan yig'ilishida komissiya a'zolari hamda yetakchi mutaxassislar va olimlardan iborat 32 kishilik ishchi guruhi tuzildi. Konstitutsiya bo'limlarini tayyorlash bo'yicha 50 kishidan iborat 6 ta kichik guruhlar tuzildi. 1991- yil 31- avgustda O'zbekiston davlat mus-taqilligining e'ion qilinishi va O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida gi Qonunning qabul qilinishi, bu qonunga Konstitutsiyaviy maqom berilishi Konsti-tutsiyaviy komissiya mas'uliyatini yanada kuchaytirdi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o'rganildi, inson huquqlari, de-mokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo'Iga kiritilgan yutuq-lar hisobga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish so-hasidagi g'oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. 1992- yil 26- sentabrda O'zbekiston Respublikasining Kons-titutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e'lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama jarayo-nida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992- yil 26- noyabrda matbuotda ikkinchi marta e'lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulo-hazalar bildirildi, ular inobatga olindi. Konstitutsiyamiz xal-qimizning siyosiy dahosi va tafakkurining mahsuli bo'ldi. Prezi-dent I. A. Karimov O'zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chi-qishga rahbarlik qildi va o'zining katta hissasini qo'shdi. Mustaqil O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun - 8- dekabr umumxalq bayrami - O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e'lon qilinsin. 8- Dekabr dam olish kuni hisoblansin. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunini umumxalq bayrami deb e'lon qilish to'g'risidagiqarordan. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo'Iim, 128 moddadan iborat. U Mustaqillik Deklaratsiyasi', O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g'oyalarni o'zida to'la mujassamlashtirdi, ularni rivojlantirdi. «O'zbekiston - kelajagi buyuk davlat», «Mustaqillik - bu avvalo huquqdir», «Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang», «Islohot - islohot uchun emas, avvalo inson uchun», «O'zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo'lmaydi», «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin» O'zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni, pasporti hisoblanuvchi Konstitutsiya sobiq Ittifoq davridagi barcha Konstitutsiyalardan tubdan farq qiladi. Birinchidan, yangi qabul qilingan Konstitutsiya mustaqil O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo'lib, barcha moddalari haqiqiy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
619.25 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:42
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
619.25 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:42 ]
Arxiv ichida: ppt