O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi demokratik jamiyat qurishning asosiy qonuni Reja: Mustaqillik deklaratsiyasi, O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi, Referendum yakunlari Islom Karimov - demokratik huquqiy davlat asoschisi, nazariyotchisi va amaliyotchisi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - demokratik jamiyat qurishning Asosiy Qonuni Istiqlol o'laroq, suveren O'zbekiston Respublikasi olida uch ming yillik milliy davlatchilik tarixida navbatdagi mustaqil davlatchiligini yangidan barpo etish, aniqrog'i, demokratik maqomida yangidan tiklashdek taqdirilomon strategik maqsad, vazifa ko'ndalang turdi. Eng muhimi - tiklangan yangi davlat maqomining konstitutsiyaviy asosiy prinsiplarini aniq belgilab olish lozim bo'ldi. Milliy yangi davlatchiligimiz tatalitar - avtoritar tizimdan voz kechib, oliy hokimiyat bevosita xalqqa tegishli bo'lgan, xalq xohish-irodasi bilan amalga oshadigan, ya'ni xalq hokimiyatchiligidan iborat demokratik davlat, demokratik jamiyat qurishdek konstitutsiyaviy maqomga asoslandi va shu tamaddun yo'lni tanladi. Demokratik dunyoning sivilizatsiyalashgan tarixiy tajribalari, xalqimizning boy milliy davlatchilik tarixi, an'analari, ma'naviy-axloqiy, ruhiy-kayhoniy (ruhoniy) qadriyatlari, milliy mentalitet va dunyoqarashning o'ziga xos irsiy-zamonaviy xususiyatlari, hozirgi davr-milliy tiklanish jarayonlarining taqdirilomon talab hamda ehtiyojlari, ertangi istiqbol milliy taraqqiyotning yagona kafili bo'lgan o'zimizga xosu o'zimizga mos demokratik rivojlanish yo'lini tanlashga olib keldi. Xo'sh, demokratiyaning o'zi nima? Demokratik davlat va demokratik jamiyat qanday ustuvor maqomlari bilan ajralib turadi? Demokratiya xalq hokimiyatchiligi, degani. U davlat qurilishining oliy, sivilizatsiyalashgan shaklidir. Demak, demokratik davlat va jamiyatda oliy hokimiyat, yuqorida ta'kidlaganimizdek, bevosita xalqqa tegishli bo'lib, uning xohish-irodasini amalga oshiradi. Demokratik davlat va jamiyatda xalqaro tan olingan fuqarolarning teng huquqliligi, qonun va inson huquqlarining ustuvorligi, hokimiyat organlarining saylab qo'yilishi, ularning saylovchilarga bo'ysinishi, tayinlash yo'li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylab qo'yiladigan organlar olida hisob berishga burchliligi, hokimiyat tarmoqlarining tasqimlanishi, umuminsoniy qadriyatlaru xalqaro huquq normalarining ustunligi kabi umumdemokratik me'yorlarga mos umumdemokratik tamoyillar ustun va ustuvor bo'ladi. Umumiy tarzda demokratiya, deganda hammaning manfaatlari yo'lida ko'pchilikning hokimiyati va ozchilikning irodasini hurmat qilish tushuniladi. Batafsil tahlil qilinganda esa, demokratiya - xalqning o'z erkinligi va mustaqilligiga qarashlari ham, har bir shaxsning manfaatlari va huquqlarini o'zboshimchalik bilan cheklashlar va shu yo'sindagi harakatdan himoya qilish ham, fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish shakli ham. O'zbekistonning demokratik davlat (demak, demokratik jamiyat, chunki davlat jamiyatning siyosiy instituti. Davlat maqomi qanday bo'lsa, jamiyat maqomi ham shunday bo'ladi) maqomi, eng avvalo, uning Konstitutsiyasi mazmun-mundarijasida. Davlat o'zi tanlagan maqomiy yo'lni, avvalambor, o'z Konstitutsiyasida belgilab oladi. Davlat maqomi bilan uning konstitutsiyaviy va huquqiy maqomi yaxlit mushtaraklikda aynan bir xil bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi o'z Konstitutsiyasini zamonaviy jahon demokratik sivilizatsiyasi maqsad va vazifalari, talablari asosida 1992 yil 8 dekabrda qabul qildi.5 Bu istiqlol ibtidosidagi dastlabki milliy konstitutsiyaviy rivojlanishning amaliy yakuni bo'ldi. Konstitutsiya loyihasini tayyorlash, uni ikki marta xalq muhokamasidan o'tkazishdek, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.83 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.83 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:42 ]
Arxiv ichida: doc