O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursi RYeJA: 1.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursi 2.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursining vazifasi 3.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursining uslublari 4.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursining ijtimoiy fanlar tizimidagi o'rni 1.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursi mustaqil o'quv kursi sifatida o'rganiladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursi maxsus kurs bo'lib, uning asosiy vazifasi Konstitutsiyani o'rganishdan iborat. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursi, kursga xos rivojlanish qonuniyatlarini, uning xususiyatlari, belgilari, normalari va institutlarini hamda ularning amal qilish mexanizmi o'rganadi. Bu o'quv kursi konstitutsiyani o'rganishga doir nazariy masalalar bilan shug'ullanadi, konstitutsiyaning davlatimiz va jamiyatimiz rivojlanishidagi o'rni va ahamiyatini ko'rsatib beradi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursi konstitutsiyaviy huquqiy institutlarning O'zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlashdagi, ijtimoiy kafolatlangan bozor iqtisodiyotiga o'tishdagi amaliy vazifalarini, o'quv kursi predmetiga kiradigan huquqiy normalar va institutlarning faoliyat samaradorligini oshirishga doir muammolarni tadqiq etadi. Bu o'quv kursi konstitutsiyaviy huquqiy normalar va institutlarni o'rganibgina qolmasdan, konstitutsiyaviy huquqiy normalar tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarning, yani konstitutsiyaviy - huquqiy munosabatlarning mohiyati va xususiyatini ham o'rganadi. Malumki, yuridik fanning har bir sohasi jamiyatning malum bir davlat-huquqiy tuzilishini o'rganadi. Bu umumiy holat O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursiga ham taalluqli, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursidagi tadqiqot doirasi (obyekti) boshqa ijtimoiy fanlarnikiga nisbatan keng bo'lib, ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning muayyan bir tomoninigina emas balki hamma asosiy tomonlarini o'z ichiga oladi. Bu o'quv kursining tadqiqot doirasiga jamiyatning muhim sohalaridagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar ham kiradi. Ushbu normalar davlat konstitutsiyaviy tuzumining asosiy tamoyillarini, davlat va jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy tamoyillarini: inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini, davlatning tuzilishi, ma'muriy-hududiy bo'linishi, davlat hokimiyati tizimini, davlat organlarini tashkil etish, ularning vakolatlari, ish tartibini aks ettiradi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursining predmeti o'zi o'rganadigan jamiyatning tuzilishiga doir siyosiy va huquqiy qarashlarni ham qamrab oladi. Binobarin, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursi konstitutsiya tushunchasi, mohiyati va ahamiyati, konstitutsiyaviy huquqiy normalar hamda institutlarini, ularning amalga oshishi natijasida kelib chiqadigan huquqiy munosabatlarni o'rganadi va ushbu kursning rivojlanish istiqbolini ko'rsatib beradi. 2.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursining vazifasi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish o'quv kursining vazifasi O'zbekiston Respublikasining mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, adolatli tashqi siyosat olib borish, O'zbekistonni dunyodagi buyuk davlat darajasiga ko'tarish, Respublikada huquqiy demokratik davlat qurish, adolatli fuqarolik jamiyati shakllantirish, konstitutsiyaviy huquqiy normalar va huquqiy institutlarni takomillashtirishga doir muammolarni tadqiq etish, jamiyatda yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarni o'rganish va buning natijasida Respublika qonunlarini rivojlantirish uchun zarur takliflarni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.98 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.98 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:43 ]
Arxiv ichida: doc