O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining davlat va jamiyat hayotida tutgan o'rni va ahamiyati

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining davlat va jamiyat hayotida tutgan o'rni va ahamiyati

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining davlat va jamiyat hayotida tutgan o'rni va ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining davlat va jamiyat hayotida tutgan o'rni va ahamiyati Reja 1-. Konstitutsiyaning yuridik tabiati, asosiy funksiyalari va barqarorligi 2-. O'zbekiston Konstitutsiyasi - demokratik davlat qurish va huquqiy islohotlarning poydevori 3-. O'zbekiston Konstitutsiyasining tarixiy-huquqiy va ma'naviy ildizlari 4-. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o'ziga xos xususiyatlari 5-. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yuridik xususiyatlari 1-. Konstitutsiyaning yuridik tabiati, asosiy funksiyalari va barqarorligi Konstitutsiyaning yuridik xususiyatlari va funksiyalarini ta'riflash muhim ahamiyat kasb etadi. AQSH Konstitutsiyasi va ikkinchi avlod konstitutsiyalari o'zining siyosiy shior shaklidagi qoidalarining nisbatan kamligi va anchagina yuridik mazmuni bilan ajralib turadi. Konstitutsiyaga barcha belgilarga ega bo'lgan yuridik hujjat sifatida qarash-hozirgi konstitutsionalizmning muhim jihatidir. Konstitutsiyaning asosiy mazmuni shior shaklidagi va baholovchi qoidalarning keskin kamaytirilganligi bilan ham ajralib turadi (asosan kirish qismlarida umumiy qoidalar). Asosiy qonunning bir-biri bilan o'zaro bog'liq bir qancha funksiyalarini ko'rsatish mumkin. Konstitutsiyaning siyosiy-g'oyaviy mazmuni jamiyatning ijtimoiy tuzilishini tartibga soladi hamda siyosiy hayotni va kurashni muayyan huquqiy doiraga solishni maqsad qilib qo'yadi. Konstitutsiya tashkiliy funksiyasining manosi-davlat institutlari tuzilishini va davlat organlari faoliyatini millatning birligini hamda kelajak avlodga demokratik jamiyatni tashkil etish va ular faoliyatining asosiy ko'rsatkichlarini tartibga solishdan iborat. Agar konstitutsiyaning mazmun va mohiyati taraqqiyot darajasining ko'p yillik rejalarini o'zida mujassamlashtirgan bo'lsa, jamiyatda muayyan qadriyatlarni qaror toptirish maqsadida ma'naviy sohaga ta'sir etishga qaratilgan bo'lsa, konstitutsiyaning yuridik funksiyasi uning amal qilayotgan tizim asosi sifatidagi o'rnini aks ettiradi. Shu munosabat bilan, konstitutsiya yuridik funksiyalarining ichida eng muhimlari quyidagilardan iborat: birinchidan, konstitutsiyaviy qoidalar amaldagi huquqning oliy moddiy mezonidir; huquq sohasida mavjud bo'lgan va paydo bo'ladigan barcha qoidalar konstitutsiyaviy qoidalarga mos kelishi shart; ikkinchidan, konstitutsiya matnida huquqning asosiy prinsiplari ko'rsatilishi; uchinchidan, amaldagi huquq manbalari tizimining konstitutsiyaviy jihatdan ta'riflanishi; to'rtinchidan, konstitutsiyaviy normalarning o'zi asosan bevosita amal qiladigan qoidalar, yani ular sudlar va yurisdikatsiya maqomiga ega bo'lgan organlar tomonidan bajarilishi kerak. Konstitutsiyaning yuridik tabiati va funksiyalari uning normativ hujjatlar tizimida ustun mavqega egaligida yorqin ko'rinadi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlatimiz Asosiy qonuni bo'lib, bevosita amal qiladigan yuridik qoidalarni mazmuni bo'yicha umumiylashtirib beradi va shior tarzidagi qoidalarni iloji boricha kam ifodalaydi. Konstitutsiyaning barqarorligi siyosiy madaniyat va ma'naviyatning alohida turiga bog'liq. Davlatning va qonunning fuqarolar va jamiyat hayotiga aralashuvi bozor iqtisodiyotining o'zini-o'zi boshqarish mexanizmlari va boshqa qudratli kuchlari bilan cheklangan. Bu AQSHning o'ziga xos jihatidir. Fransiya esa ana shu 200 yil davomida boshqa o'ziga xos qonuniyatlari bo'yicha yashadi. Konstitutsiyadagi nisbatan tez-tez bo'ladigan o'zgartishlar ham ana shundan. Bunday vaziyat faqat Fransiyada emas. Masalan, 1950 yildan boshlab Hindiston Konstitutsiyasida dastlabki matnning 23 qismi o'zgarib ketgan. GFRning Asosiy qonunini ham ancha barqaror deb ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.65 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.65 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga