O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquq fani Reja: Konstitutsiyaviy huquq fani haqida tushuncha O'zbekiston Respublikaschi Konstitutsiyasi - mustaqillik komusi Konstitutsiya tushunchasi Konstitutsiyaning paydo bo'lish tarixi va jahon konstitutsiyalari Konstitutsiyaning asosiy belgilari Konstitutsiyaning vazifasi Konstitutsiyaning yuridik funksiyasi Konstitutsiya kvalifikatsiyasi va turlari Konstitutsiya huquqining tizimi Konstitutsiyaviy huquq fanining yuridik fanlar tizimidagi o'rni. Konstitutsiyaning rivojlanish bosqichlari Konstitutsiyaviy huquq fani haqida tushuncha huquqiy tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning xilma - xilligi ko'plab huquqiy normalarning mavjud bo'lishi va amal qilinishini takozo etadi. Ularni o'rganish bilan turli sohadagi yuridik fanlar shug'ullanadi, ularning xar biri malum ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalarning alohida guruhini o'rganadi. Konstitutsiyaviy huquq fani huquqshunoslikning muhim tarmog'i bo'lib, uning asosiy vazifasi konstitutsiyaviy huquq sohasini o'rganishdan iborat. Konstitutsiyaviy huquq fani huquqning shu tarmog'iga xos rivojlanish qonuniyatlarini, uning xususiyatlari, belgilari, normalari va institut bilan munosabatini o'rganadi. Konstitutsiyaviy huquq - muayyan bir davlatning huquqiy normalar tizimi bo'lib, usha davlatda fuqarolarning jamiyat va davlat oldidagi huquqiy holatini, jamiyat boshqaruvi asoslarini, davlat organlari va jamoat birlashmalarining mamlakatdagi huquqiy maqomini belgilab beradi. Konstitutsiyaviy huquq fani konstitutsiyaviy huquq institutlarining O'zbekiston Respublikasi mustaqilligini rivojlanitirishdagi, ijtimoiy kafolatlangan bozor iqtisodiyotiga o'tishdagi amaliy vazifalarni, huquqning bu tarmog'iga kiradigan huquqiy normalar va institularning faoliyat samaradorligini oshirishga doir muammolarni tadqiq etadi. Bu fan konstitutsiyaviy huquqning huquqiy normalarini va institutlarinigina o'rganib kolmasdan, ushbu konstitutsiyaviy huquq normalarini tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarning, yani konstitutsiyaviy huquq mohiyatini va xususiyatini o'rganadi. Malumki yuridik fanning xar bir sohasi jamiyatning malum bir davlat - huquqiy tuzilishini o'rganadi. Konstitutsiyaviy huquq fanining vazifasi O'zbekiston Respublikasining mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, davlatchilikni rivojlantirish, adolatli tashqi siyosat olib borish, O'zbekistonni dunyoda buyuk davlat darajasiga ko'tarish, Respublikada huquqiy demokratik davlat barpo etish, adolatli jamiyat ko'rish, konstitutsiyaviy huquq normalari va huquqiy institutlarni takomillashtirishga doir muammolarni tadqiq etish, jamiyatda yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarni o'rganish va buning natijasida Respublika qonunlarini rivojlantirish uchun zarur takliflarni tayyorlashdan iborat. O'zbekiston Respublikasida siyosiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni amalga oshirish bilan bog'lik ijtimoiy munosabatlarni rivojlanitirishga, davlat mustaqilligini huquqiy ta'minlashga, huquq va erkinliklarni amalga oshirishga faol ta'sir ko'rsatish konstitutsiyaviy qonunchilik va konstitutsiyaviy huquq fanining muhim vazifasidir. Fanning vazifalariga, shuningdek, konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbai bo'lgan konstitutsiyani, konstitutsiya to'g'risidagi ta'limotlarni, O'zbekiston konstitutsiyaviy rivojlanishining asosiy bosqichlarini, ularning asosiy mazmuni va xususiyatlarini o'rganish kiradi. O'zbekiston Respublikasi Kanstitutsiyasi - mustaqillik komusi «mustaqillik xalqimizning tarixiy yutug'idir. Yuz yillar mobaynida ozodlikni orzu kilgan O'zbekiston, chinakam mustaqillikni Qo'lga kiritib gullab yashnashi va farovonlikka erishishi, taraqqiy etgan demokratik davlatlar katori xalqaro hamjamiyatda munosib o'rinni egallashi - biz ko'zlagan oliy maqsaddir» . mustaqillik bu: - tenglik sari ko'yilgan birinchi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.83 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.83 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:43 ]
Arxiv ichida: doc