O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi konstitutsiyaviy nazorat bo'yicha sud organi hisoblanib, Konstitutsiyaviy sudda ish yuritish orqali sudlov hokimiyatini mustaqil amalga oshiradi. Konstitutsiyaviy sudning faoliyati 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to'g'risidagi Qonun bilan tartibga solinadi. Bunday maxsus normalardan tashqari, sudni tashkil qilish va faoliyatini tartibga solishda, barcha sud organlari uchun umumiy hisoblangan konstitutsiyaviy qoidalar ham manba bo'lib xizmat qiladi. Konstitutsiyaviy sud yagona sud sifatida tasis etilgan hamda sudlov organlari tizimiga ega emas. Shuning uchun ham unga nisbatan Konstitutsiyada Oliy yoki yuqori deb daraja berilmagan. Konstitutsiyaviy sud tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Konstitutsiyaviy sud O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan sud Raisi, Rais o'rinbosari va Qoraqalpog'iston Respublikasidan saylanadigan sudyani qo'shgan holda Konstitutsiyaviy sudning besh azosidan iborat tarkibda saylanadi. Konstitutsiyaviy sudning har bir sudyasi yakka tartibda saylanadi. Oliy Majlis Senati a'zolari deputatlari umumiy sonining ko'pchilik ovozini olgan shaxs saylangan hisoblanadi. Sudya Konstitutsiyaviy sud tarkibidan chiqib ketgan taqdirda Oliy Majlis Senati ushbu moddada belgilangan tartibda boshqa shaxsni saylaydi.Konstitutsiyaning 107-moddasiga muvofiq Konstitutsiyaviy sud besh yil muddatga saylanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasini almashtirib bo'lmaydi va uning vakolatlari qonunda belgilangan tartib hamda asoslardan o'zga tarzda to'xtatilishi yoki to'xtatib turilishi mumkin emas. Qonun tomonidan Konstitutsiyaviy sud sudyaligiga nomzodlar uchun yuqori talablar o'tnatilgan. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to'g'risidagi qonunning 12-moddasida siyosat va huquq sohasi mutaxassislari bo'lgan, yuksak ma'naviy fazilatli va zarur malakali O'zbekiston Respublikasi fuqarosi Konstitutsiyaviy sud sudyasi etib saylanishi mumkinligi ko'rsatilgan. Konstitutsiyaning 97-moddasiga ko'ra, vakolati tugashi munosabati bilan istefoga chiqqan Prezident umrbod Oliy Majlis Senati azosi lavozimini egallaydi. Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylangan shaxs, qonunda belgilangan tartibda qasamyod qiladi. Konstitutsiyaviy sud sudyalariga, sudyalik lavozimiga zid faoliyat bilan shug'ullanishi man etilgan, xususan deputatlik mandatiga ega bo'lish, siyosiy partiyalarga va harakatlarga azolik, haq to'lanadigan boshqa lavozimni egallash mumkin emas. Shuningdek, sudda, xo'jalik sudida yoki boshqa organlarda qonuniy vakil bo'lishidan tashqari himoyachi yoki vakil bo'lib, shaxslarning manfaatiga yoki majburiyatidan qutilishiga ta'sir o'tkazuvchi homiylik qilishiga yo'l qo'yilmaydi. Bunday cheklashlarini sudyalarning huquqiy tomonidan sof faoliyatini ta'minlashga yo'naltirilgan holat deb tushunish lozim. Konstitutsiyaviy sudda sudga tegishli masalalar zaruriyatiga qarab o'tkaziladigan Konstitutsiyaviy sud majlislarida ko'rib chiqiladi. Konstitutsiyaviy sud majlislariga, majlislarni tayyorlashga rahbarlik Konstitutsiyaviy sud Raisi tomonidan amalga oshiriladi. Konstitutsiyaviy sud Raisi majlislarida ko'rib chiqilishi lozim bo'lgan masalalarni kun tartibiga kiritadi; Jamoa birlashmalari, davlat organlari va tashkilotlari bilan munosabatida faqat Konstitutsiyaviy sud topshirganligiga ko'ra uning nomidan ish ko'rishi mumkin. Konstitutsiyaviy sud faoliyatining asosiy tamoyillariga: mustaqillik, kollegiallik, oshkoralik, Konstitutsiyaviy sud ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 279.6 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:43 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 279.6 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga