O'zbekiston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati organlari komissiyalari ish faoliyatini tashkil etish Reja: 1-. O'zbekiston Respublikasi mahalliy vakillik va hokimliklari huzurida tuziladigan komissiyalari qoshida tuziladigan komissiyalari tizimi va faoliyatini tashkil etilishining huquqiy asoslari. 2-. Komissiyalarni tegishliligiga qarab, tuzish tartibi, vazifalari va rahbarlik masalalarini tashkil etilish tartibi. O'zbekiston Respublikasining mustaqillikni dastlabki yillarida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kuchli ijro hokimiyati shakllantirilgan1 edi. Bugun esa, markaziy hokimiyat idoralari vakolatlarini mahalliy hokimiyat hamda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga o'tkazish jarayonlari samarali uslublar va shakllarga ega bo'lib borishi, siyosiy sohani erkinlashtirishning zarurligi ta'kidlanmoqda2. Bu - jamiyatni isloh qilish jarayonlariga keng ommani ko'proq jalb etish, mintaqalar imkoniyatlarini ishga solish, mahalliy hokimiyat organlari va mansabdor shaxslarning mas'uliyatini oshirish uchun qulay demokratik muhitni yaratadi. Ushbu muhitni joylarda ta'minlash uchun esa saylangan xalq vakillarining mahalliy boshqaruvdagi amaliy ishtiroki hamda aholi irodasi va manfaatlarini aniq aks ettirish vositalarining mavjudligi taqozo etiladi3. Darhaqiqat, vakillik organlari barcha rivojlangan davlatlar mahalliy hokimiyat organlari tizimida yetakchi o'rin tutadi. Chunki to'g'ridan-to'g'ri, umumiy, teng va yashirin ovoz berish yo'li bilan saylanganligi tufayli vakillik organi aholi manfaatlarini ko'zlab ish yuritish va uning nomidan qaror qabul qilish huquqiga ega bo'ladi1. Zero, ular o'z-o'zini boshqarish demokratiya maktabining rivojlanishi jarayonida vujudga kelgan2. O'zbekiston qonunchiligida o'z aksini topgan viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi xalq deputatlari kengashlarining davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko'zlab, o'z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etishi muhim demokratik me'yorlardan biridir. Doimiy komissiyalarning huquq va vazifalari, ularning tashkil etilishi va faoliyatlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasining qarorlari, davlat dasturlari, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to'g'risida»gi. «Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari, boshqa qonun hujjatlari, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi «Ish tartibi» hamda mazkur «Nizom» bilan belgilab beriladi va amal qilinadi. Doimiy komissiyalar - Kengashning ishchi organlaridir. Ular Kengash tomonidan qo'yilgan vazifalarni amalga oshiradilar. Xalq deputatlari Kengashlari o'z vakolatlarini deputatlarning umumiy yig'ilishi, ya'ni sessiyalar orqali amalga oshirish huquqiga egadir. Chunki Kengash mahalliy hokimiyat organi sifatida aholi manfaatlarini ifodalovchi deputatlardan iboratdir. Doimiy komissiyalar Kengashning ishchi organi sifatida uning vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan (tashkiliy va u bilan bog'liq nazorat faoliyati) va Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish (qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish ustidan nazorat va uning ijrosini tashkil etishga ko'maklashish) bilan shug'ullanadilar. Doimiy komissiyalar faoliyatini yo'naltirish, muvofiqlashtirish, asosan, sessiyalarni o'tkazish jarayonida amalga oshiriladi. Kengashlar, doimiy komissiyalarning sohalariga qarab, ularga ma'lum masalani tayyorlashni topshirish orqali o'z vazifalarini bajargan holda, tegishli sohaning tahlili va samarali ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
56.08 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
56.08 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:43 ]
Arxiv ichida: doc