O'zbekiston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati organlarining iqtisodiy va moliyaviy asoslari Reja: 1-. O'zbekiston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining iqtisodiy asosini tashkil etuvchi mulk shakllarining huquqiy asoslari. 2-. Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining moliyaviy huquqiy asoslari. Viloyat, tuman, shahar mulki va moliyaviy resurslari. 3-. Xalq deputatlari Kengashi va hokimning byudjetga doir huquqlari. Viloyat, tuman, shahar byudjeti va byudjetdan tashqari fondlari. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XII bobi jamiyatning iqtisodiy negizlariga bag'ishlangan bo'lib, Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risidagi qonunning XX bobi mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining iqtisodiy asoslari belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddada Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste'molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin deb mustahkamlangan. Bu konstitutsiyaviy normaning amalga oshirilishi barcha davlat organlari faoliyatini belgilab beruvchi qonunlar asosida ularga yuklatilgan. Mahalliy hududlardagi davlat hokimiyati organlari faoliyatida mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlashda vakillik va hokimliklar zimmasiga asosiy vazifalar Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risidagi qonunning 24-moddasida Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga doir o'z vakolatlariga berilgan masalalarni, tashkiliy masalalar va O'zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq nazorat etishga doir boshqa masalalarni hal etadi deb, 25-moddasining oxirgi bandida Hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, viloyat, tuman, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo'jaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo'l xo'jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko'rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o'z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi belgilangan. Mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining iqtisodiy asosini tashkil etuvchi mulk shakllari Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risidagi qonunning 7-moddasida Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi faoliyatining iqtisodiy asosini ma'muriy-hududiy tuzilmalarning davlat mulki (kommunal mulk) hamda viloyat, tuman va shaharda mavjud bo'lib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat qiluvchi boshqa mulk tashkil etadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi mutloq O'zbekiston Respublikasi mulkida bo'lgan davlat mulki obyektlariga nisbatan ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlarni samarali joylashtirish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.76 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.76 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:44 ]
Arxiv ichida: doc