O'zbekiston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy asoslari Reja 1-. O'zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlari tizimi va ular faoliyatining tashkil etilishi 2-. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy vazifalari 3-. Mahalliy hokimiyat vakillik organlari va ijroiya hokimiyat organlari munosabatlarining huquqiy tartibga solinishi 4-. Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlarini tuzish tartibi va vazifalari 1-. O'zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlari tizimi va ular faoliyatining tashkil etilishi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, Respublikada yagona vakillik organlarining tizimi mavjud. Bu tizimning eng yuqorisida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi turadi. Shu bilan birga Oliy Majlis Konstitutsiyaga muvofiq qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari ham vakillik organlarining quyi bo'g'ini hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasida yagona qonun chiqaruvchi organ mavjud bo'lib, u Oliy Majlis nomi bilan ataladi. O'zbekistondagi davlat hokimiyati vakillik organlarining yagona tizimi viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari vakolatlarini Oliy Majlis belgilaydi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti O'zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig'idir. O'zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyat O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va viloyat, tuman, shahar hokimliklaridir, ushbu organlarning vakolatlarini ham Respublika Oliy Majlisi belgilaydi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI-bobi Mahalliy davlat hokimiyati asoslari deb nomlangan. Konstitutsiyaning 99-moddasiga ko'ra, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo'ysunadigan shaharlardan, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo'lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko'zlab o'z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar. Konstitutsiya asosida O'zbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat organlarining ikki tabaqali tizimi vujudga keltirildi. Mahalliy ijro va vakillik organlari o'rtasidagi huquqiy munosabatlarning konstitutsiyaviy holati aniqlandi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari bir-biriga bo'ysunmagan mustaqil davlat va vakillik organlari bo'lib, o'zaro munosabatlarda hamkorlik asosida o'z faoliyatlarini tashkil etadilar. Mahalliy xalq deputatlari Kengashlariga hokimlarning rahbarligi uni Kengash oldidagi mas'uliyatini oshiradi. Vakillik va ijroiya hokimiyatining tegishliligiga qarab, viloyat, tuman va shahar hokimlari boshqaradi. Viloyat hokimlari va shahar hokimlari va Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tumanlarga bo'ysungan shaharlarning hokimlarini tuman hokimi tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Demak, mahalliy davlat hokimiyati organlarning faoliyatini tashkil etish O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonuni, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari «Ish tartibi va boshqa me'yoriy qonun hujjatlari asosida tashkil etiladi. O'zbekiston Respublikasidagi ayrim xalq deputatlari Kengashlarida hokimning ijro etuvchi mahkamasi to'g'risida Nizomlar ham qabul qilinadi. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.73 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.73 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:44 ]
Arxiv ichida: doc