O'zbekiston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari sessiyalarini tashkil etish va o'tkazish tartibi

O'zbekiston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari sessiyalarini tashkil etish va o'tkazish tartibi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari sessiyalarini tashkil etish va o'tkazish tartibi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari sessiyalarini tashkil etish va o'tkazish tartibi Reja: 1-. Mahalliy xalq xalq deputatlari Kengashlarining sessiyasi tushunchasi va saylovdan keyin birinchi sessiyasini o'tkazilish prinsiplari. 2-. Xalq xalq deputatlari Kengashlarining sessiyalarini chaqirish va o'tkazilishida hokimning vazifalari. Xalq xalq deputatlari Kengashlarining sessiyalari kun tartibi loyihasini tayyorlash va uni hokim tasdig'iga kiritish tartibi. 3-. Mahalliy xalq deputatlari Kengashi deputatining sessiyalarga tayyorgarlik ko'rish, uni o'tkazilishida o'z saylovchilari va siyosiy partiyalar bilan o'zaro munosabatlari. Xalq deputatlari Kengashlarining sessiyalarini chaqirish va o'tkazish tartibi. Xalq xalq deputatlari Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyasini chaqirish tartibi. O'zbekistonda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat asoslarini shakllantirishga hamda demokratik qadriyatlarni hayotimizga tobora chuqurroq singib borishiga xizmat qilmoqda. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq «xalqning turmush tajribasiga, Respublika aholisining milliy va madaniy an'analariga, barcha ijtimoiy guruhlar va qatlamlarning manfaatlariga mos keladigan haqiqiy demokratiya prinsiplarini qaror toptirish, xalq ham bevosita, ham o'z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oshirishda to'liq imkoniyatga ega bo'lishi lozim»1ligining e'tirof etilgani bunga mustahkam zamin vazifasini o'tamoqda. Bu - jamiyatni isloh qilish jarayonlariga keng ommani ko'proq jalb etish, mintaqalar imkoniyatlarini ishga solish, mahalliy hokimiyat organlari va mansabdor shaxslarning mas'uliyatini oshirish uchun qulay demokratik muhitni yaratadi. Ushbu muhitni joylarda ta'minlash uchun esa saylangan xalq vakillarining mahalliy boshqaruvdagi amaliy ishtiroki hamda aholi irodasi va manfaatlarini aniq aks ettirish vositalarining mavjudligi taqozo etiladi2. Xalq deputatlari Kengashlari o'z vakolatlarini deputatlarning umumiy yig'ilishi, ya'ni sessiyalar orqali amalga oshirish huquqiga egadir. Chunki Kengash mahalliy hokimiyat organi sifatida aholi manfaatlarini ifodalovchi deputatlardan iboratdir. O'zbekiston Respublikasi «Mahalliy davlat hokimiyati asoslari» to'g'risidagi qonunining 17-moddasiga ko'ra, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy ish shakli sessiyadir. Ko'pchilik ilmiy adabiyotlarda sessiya - Kengash faoliyatining asosiy tashkiliy-huquqiy yoki, oddiy qilib, tashkiliy-huquqiy shakli deb nomlanadi3. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining sessiyalari tegishli hokim, hokim yo'qligida esa uning o'rinbosarlaridan biri tomonidan zaruratga qarab, biroq, yiliga kamida ikki marta chaqiriladi. Sessiya, shuningdek xalq deputatlari tegishli Kengashi deputatlari kamida uchdan ikki qismining tashabbusiga binoan ham chaqirilishi mumkin. Kengash sessiyasini chaqirish to'g'risidagi qarordan deputatlar sessiya ochilishidan kamida yetti kun oldin xabardor qilinadi. Yangi saylangan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining birinchi sessiyasi hokim tomonidan saylovdan keyin kechi bilan uch haftalik muddat ichida chaqiriladi va u keksa deputatlardan biri tomonidan ochiladi. Xalq deputatlari Kengashi sessiyalarida hokim, u yo'qligida esa Kengashning qaroriga yoki hokimning topshirig'iga binoan mazkur Kengashning deputatlaridan biri raislik qiladi. Xalq deputatlari Kengashining har bir sessiyasini o'tkazish davrida deputatlar orasidan sessiya kotibi yoki kotibiyati saylanadi. Xalq deputatlari Kengashining sessiyasi, basharti unda jami ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.84 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.84 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga