O'zbekiston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tizimi va ish faoliyatining shakllari Reja: 1-. O'zbekiston Respublikasi mahalliy xalq deputatlari Kengashlari faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari. Mahalliy xalq deputatlari Kengashlari tizimi. kafolatlari. 2-. Mahalliy xalq deputatlari Kengashlari deputatligiga saylovlarni tashkil etish va o'tkazish tartibi. 3-. Xalq deputatlari Kengashlari faoliyatining asosiy prinsiplari va vakolatlari 4-. Viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarining funksiyalari. Mahalliy xalq deputatlari Kengashlarining Ish tartibi va uning tuzilish asoslari. 5-. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimning faoliyatida qonuniylikning O'zbekiston Respublikasi o'zining milliy davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini amalda ko'rsatadigan tashkiliy davlat tuzilmalarini shakllantirish davom etmoqda, davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy tizimi shakllanmoqda. Vakillik organlari barcha rivojlangan mamlakatlarning davlat hokimiyati organlari tizimida yetakchi o'rin tutadi. Chunki to'g'ridan-to'g'ri, umumiy, teng va yashirin ovoz berish yo'li bilan tashkil etilishi tufayli aholi manfaatlarini ko'zlab ish yuritadi va uning nomidan qaror qabul qilish huquqiga ega bo'ladi. Vakillik instituti o'z-o'zini boshqarish demokratiya maktabining rivojlanishi jarayonida vujudga kelgan. Sobiq totalitar tuzumga qadar O'zbekistonda barcha muhim qarorlar bevosita aholi yoki uning vakillari Kengashi bilan kelishilgan shaklda amalga oshirilgan. Soxibqiron Amir Temur davrida ham har ishni Kengashgan holda hal etganligini yozgan. Chunki Qur'oni Karimning «Sho'ro» surasi, 38 oyatida keltirilishicha, «U(imonli kishi)larning ishlari o'zaro maslahat (bilan) bo'lur».1 Mustaqillikka erishgan O'zbekiston Respublikasi o'z milliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini rivojlantirishda ota-bobolarimizning qoldirgan davlatchilik tajribalariga suyanmoqda. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risidagi Qonuni asosida mahalliy davlat hokimiyatining vakillik va ijroiya organlariga hokim rahbarlik qiladi. Viloyat tuman va shahar hokimlari o'z vakolatlarini yakkaboshchilik asoslarida amalga oshiradilar va o'zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardirlar. Viloyat, tuman va shahar hokimlari: qonunlar va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi; jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va saxt-salomatligini muhofaza etish bilan bog'liq chora-tadbirlarni ko'radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli tadbirlarni tashkil etadi. Shuningdek, xo'jalik masalalarini tezkorlik bilan hal qilish, madaniyatni rivojlantirish masalalarini ko'rish va aholining kundalik turmush ehtiyojlarini, madaniy va moddiy talablarini qondirish choralarini belgilaydi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida mahalliy davlat hokimiyati tizimi belgilangan bo'lib, bu esa ularning ichki tashkiliy tuzilishini ham mustahkamlaydi. Shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasi ma'muriy-hududiy tuzilma va bo'linmalaridagi mahalliy davlat hokimiyat organlarining tizimi va huquqiy holati Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risidagi qonunida ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:44 ]
Arxiv ichida: doc