I. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va senati qo'mita va komissiyalarini shakllantirish, qo'mita va komissiyalar faoliyatining asosiy yo'nalishlari 1.1. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo'mita va komissiyalari shakllantirish tartiboti va ularning vakolatlari Qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko'rib chiqish va tayyorlash, O'zbekiston Respublikasi qonunlari hamda palata tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan rais, uning o'rinbosari va a'zolardan iborat tarkibda qo'mitalar saylanadi. Qo'mita raisi, uning o'rinbosari va qo'mita a'zolari lavozimlari deputatlarning qaysi partiya yoki guruhga mansubligini hamda saylovda saylovchilarning qancha ovoz olganligini inobatga olgan holda yaxlit (umumiy) qaror bilan belgilanadi. Qonunchilik palatasi qo'mitalarining barcha a'zolari teng huquqlardan foydalanadilar. Qo'mita tarkibiga saylanmagan deputat uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishga haqli. Qonunchilik palatasi qo'mitalari Qonunchilik palatasi oldida mas'ul va unga hisobdordir. Qonunchilik palatasi qo'mitalari: o'z tashabbusi bilan yoki Qonunchilik palatasining topshirig'iga binoan O'zbekiston Respublikasi qonunlarining hamda o'zining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasi boshqa qarorlarining loyihalarini ishlab chiqadi; qonun loyihalarining dastlabki tarzda ko'rib chiqilishini va ularni Qonunchilik palatasida ko'rib chiqishga tayyorlashni amalga oshiradi; qonunlarning loyihalari yuzasidan xulosalar beradi, qonun loyihasini Qonunchilik palatasining majlisi kun tartibiga kiritish, uning ustida ishlashni davom ettirish yoki asoslantirilgan holda uni rad etish to'g'risida Kengashga takliflar kiritadi; O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti loyihasi yuzasidan xulosalar va takliflar beradi; Qonunchilik palatasining topshirig'iga yoki palata Kengashining tavsiyasiga binoan muayyan qonun loyihasi yoki palata vakolatlariga kiradigan boshqa masala yuzasidan mas'ul bo'ladi; kiritilgan qonun loyihalarini ko'rib chiqish bo'yicha ishchi guruhlari tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, xo'jalik yurituvchi subyektlarning rahbarlarini jalb etadi; qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari vakillarining ular tomonidan kiritilgan qonun loyihasiga taalluqli masalalar yuzasidan fikrlarini eshitadi; kiritilgan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar matniga o'zgartish yoki qo'shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalari, statistika ma'lumotlari va boshqa ma'lumotlarni talab qilib oladi; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining O'zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa qonun hujjatlari hamda qo'mitalarning qarorlari ular tomonidan qanday bajarilayotgani haqidagi axborotlarini eshitadi. Qonunchilik palatasi qo'mitalari ishni o'z rejalariga, shuningdek Qonunchilik palatasi, uning Spikeri va Kengashi topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi. Qonunchilik palatasi qo'mitalarining faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi. Qonunchilik palatasi qo'mitalarining majlislari palata majlislari oralig'ida zaruratga qarab o'tkaziladi. Qonunchilik palatasi qo'mitalarining majlislari, agar ularda qo'mita a'zolarining kamida yarmi hozir bo'lsa, vakolatli hisoblanadi. Qonunchilik palatasi qo'mitalarining majlislari ochiq ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.64 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.64 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:44 ]
Arxiv ichida: docx