O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati - besh yil. O'zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi 91-modda Kimlar deputat yoki senator bo'lishi mumkin? O'zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi 92-modda Deputat va senatorlar qanday tartibda saylanadi? Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq fuqarolar tomonidan to'g'ridan-to'g'ri, yashirin ovoz berish yo'li bilan saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat. Oliy Majlisining Senati a'zolari har bir hududiy birlikdan (o'n to'rtta) mahalliy vakilliy organlari deputatlari orasidan yashirin ovoz berish yo'li bilan teng miqdorda - to'rt kishidan saylanadi. To'qqiz nafar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. O'zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi 92-modda Oliy Majlisga kim boshchilik qiladi? Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga o'z tarkibidan saylangan Spiker, Senatga esa Senat raisi boshchilik qiladi. Bu muhim! Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi yoki Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri bo'lishi mumkin emas. Deputat va senat a'zolarining huquqiy maqomi qanday? Bu muhim! Deputat, senator o'zining vakolatlari muddati mobaynida daxlsizlik huquqiga ega bo'ladi. Har bir deputatga, senatorga o'z vakolatlarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun shart-sharoit kafolatlanadi, uning huquqlari, sha'ni va qadr-qimmati muhofaza qilinadi. Deputatlik, senatorlik vakolatlarini amalga oshirishiga to'sqinlik qilish maqsadida deputatga senatorga qanaqa tarzda bo'lmasin ta'sir ko'rsatishga yo'l qo'yilmaydi. Tegishli palataning roziligisiz deputat, senator jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma'muriy jazoga tortilishi mumkin emas. Oliy Majlis vakolatlari qanday? Oliy Majlis vakolatlari qanday? O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93 moddasida; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 94 moddasida; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 95 moddasidada belgilangan. Palatalar tarkibiy tuzilishi qanday? Oliy Majlis Qonunchilik palatasi: Qonunchilik palatasi Kengashi qo'mitalar komissiyalar fraksiyalar Oliy Majlis Senati: Qonunchilik palatasi Kengashi qo'mitalar komissiyalar Palatalar tarkibiy tuzilishi qanday? Qonunchilik palatasining va Senatning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashi va Senat Kengashi tuziladi. Palatalar tarkibiy tuzilishi qanday? Qonunchilik palatasi qo'mitalari - qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko'rib chiqish va tayyorlash, O'zbekiston Respublikasi qonunlari hamda palata tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan rais, uning o'rinbosari va a'zolardan iborat tarkibda saylanadi. Senat qo'mitalari - Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko'rib ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.4 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:44
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.4 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:44 ]
Arxiv ichida: pptx