O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo'yicha vakilining faoliyatini tashkil etish Reja: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo'yicha vakilining inson huquqlari va erkinligini himoya qilish bo'yicha boshqa institutlar o'rtasidagi roli va tutgan o'rni. Inson huquqlari bo'yicha vakil faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari. Inson huquqlari bo'yicha vakilning fuqarolarning shikoyat va arizalarini ko'rib chiqish bo'yicha faoliyatini tashkil etish. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo'yicha vakilining faoliyatini tashkil etish 1995 yilning 23 fevralida birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan Inson huquqlari bo'yicha Oliy Majlisning Vakili lavozimi tasis etildi. Bu institut tashkil etilishi inson va fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklovchi va muhofaza qiluvchi, ularning huq va erkinliklarini taminlovchi boshqa davlat organlarining vakolatlariga tahdid solmaydi, ularning vakolatlarini bekor qilmaydi. 1997 yilning aprel oyida O'zbekiston Respublikasida Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakili(ombudsman) to'g'risidagi Qonun qabul qilindi. Bu Qonun bir palatali Parlament sharoitida Ombudmanning huquqiy holatini tartibda solib turgan edi. Garchand, dastlab O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Ombudsman instutiti o'z ifodasini topmagan bo'lsada, 2003 yilning apreliga kelib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartirish kiritildi. Konstitutsiyaning 78-moddasi 16-bandida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakilini saylashi to'g'risida huquqiy normani mustahkamladi. 2004 yil 27 avgustda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili(Ombudsman) to'g'risidagi Qonun qabul qilingan bo'lib, mazkur Qonunga asosan, vakillik instituti inson huquqlari himoyasining mavjud shakl va vositalarini to'ldira borib, O'zbekistondagi barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek, mansabdor shaxslar ustidan insonlarning huquq va erkinliklari to'g'risidagi qonunchilikka rioya qilinishi yuzasidan parlament nazoratini olib borish vakolatiga ega. Mazkur qonun Vakil tomonidan amalga oshiriladigan nazorat sohasini cheklamaydi va shuning bilan birga biror-bir davlat organi yoki mansabdor shaxs uning nazorati doirasidan chiqib ketmaydi. Qonunda sudning vakolati doirasidagi mavsalalar Vakil tomonidan ko'rib chiqilmasligi, takidlab o'tilgan, demak, Vakilning nazorat funksiyasi inson huquqlarining himoyasi va ta'minlanishi sohasidagi barncha davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyatiga taalluqli bo'ladi. Ombudsman tomonidan bajariladigan funksiyaning turli xususiyatga ega ekanligi va inson huquqlarini davlat tomonidan himoya qiluvchi boshqa davlat organlari faoliyati bilan bog'liqligi sababli, Vakil to'g'risidagi qonunning 14-moddasida umumiy vazifa-fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklashda boshqa davlat organlari bilan hamkorlikda Vakilga keng huquq va vakolatlar berilgan. Xususan, fuqarolik murojaatlarini ko'rib chiqishda, ularda ko'rsatilgan holatlarni tekshirish uchun Vakil har qanday yoki mansabdor shaxsga murojaat etib, holatni tekshirishga ko'maklashishi yoki ularni Vakil mazkur tekshiruvda ishtirok etishga taklif qilishi yohud mazmur tashkilotlarda inson huquqlariga tegishli masalalarda ishtirok etish bo'yicha qonuniy huquqga ega bo'ladi. Vakil mansabdor shaxslardan har qanday hujjatlar, material va boshqa ma'lumotlarni, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.16 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.16 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:44 ]
Arxiv ichida: doc