O'zbekiston Respublikasi oliy majlisining senati to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi oliy majlisining senati to'g'risida

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi oliy majlisining senati to'g'risida - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY MAJLISINING SENATI TO'G'RISIDA I. UMUMIY QOIDALAR II. SENAT VAKOLATLARI VA FAOLIYATINING tashkilIY ShAKLLARI II. SENAT RAISI VA UNING O'RINBOSARLARI. SENAT KENGAShI, QO'MITALARI VA KOMISSIYALARI IV. QONUNNI KO'RIB ChIQISh. KELIShUV TARTIB-QOIDALARI V. YAKUNLOVChI QOIDALAR 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) maqomini belgilash, Senat faoliyatini tashkil etishga va uning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) hamda boshqa davlat organlari bilan o'zaro hamkorligiga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Senat O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palatasi) hududiy vakillik palatasidir. Senat a'zolari (senatorlar) Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo'shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo'li bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda - olti kishidan saylanadi. Senatning o'n olti nafar a'zosi fan, san'at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo'lgan hamda alohida xizmat ko'rsatgan eng obro'li fuqarolar orasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Senat ishi yalpi majlislarga (bundan buyon matnda majlislar deb yuritiladi) va uning qo'mitalari majlislariga to'planadigan senatorlar faoliyatiga asoslanadi. Senatda hududiy mansublikka ko'ra hamda siyosiy yoki boshqa asosda guruhlar tuzishga yo'l qo'yilmaydi. 3-modda. Senat faoliyatining huquqiy asoslari Senat faoliyatining tartibi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 4-modda. Senat tarkibini shakllantirish Senatni shakllantirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi bilan belgilanadi. 5-modda. Senatning vakolat muddati Senatning vakolat muddati - besh yil. Vakolat muddati tugagach, Senat yangi chaqiriq Senati ish boshlagunga qadar o'z faoliyatini davom ettirib turadi. 6-modda. Senat a'zosi Saylov kuni yigirma besh yoshga to'lgan hamda kamida besh yil O'zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi Senat a'zosi bo'lishi mumkin. Ayni bir shaxs bir paytning o'zida Senat a'zosi va Qonunchilik palatasi deputati bo'lishi mumkin emas. Senat a'zosi daxlsizlik huquqidan foydalanadi. U Senatning roziligisiz, Senat majlislari oralig'idagi davrda esa, Senat Kengashining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma'muriy jazoga tortilishi mumkin emas. Senat a'zosiga uning senatorlik faoliyati bilan bog'liq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi. Qarang: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a'zosining maqomi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasi uchinchi qismi. Senat a'zosining vakolatlari qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Senat a'zolari Senatda doimiy asosda ishlashlari mumkin. Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlarning soni senatorlar umumiy sonining to'rtdan birigacha bo'lgan miqdorda belgilanadi. Ular senatorlik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 112.61 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:44 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 112.61 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga