O'zbekiston Respublikasi Parlamenti - Oliy Majlis

O'zbekiston Respublikasi Parlamenti - Oliy Majlis

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi Parlamenti - Oliy Majlis - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Parlamenti - Oliy Majlis Reja: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o'rni. Oliy Majlis vakolatlari va faoliyati shakllari. O'zbekiston Respublikasining Senati hududiy vakillik palatasidir. Oliy Majlisining qonun chiqaruvchilik faoliyati. Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilish va ularga o'zgartishlar kiritishning o'ziga xos tartibi mavjud. Oliy Majlis deputatlar bloklari va partiya fraksiyalari faoliyati. Oliy Majlisning Raisi va uning o'rinbosarlari faoliyati. Oliy Majlis Kengashi vakolatlari, qo'mitalari va komissiyalarining faoliyati. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o'rni Parlamentning davlat organlari tizimidagi o'rni va mavqei juda muhim. Parlament so'zi fransuzcha «parlef» so'zidan olinib, gapirmoq, so'zlamoq ma'nosini anglatadi. Nimaga davlatning oliy organi «so'zlovchi» organ deb atalganini surishtirsak, biz parlamentning ahamiyatini tushunib olamiz. Qadimgi Rim, Gretsiya davlatlarida xalq vakillik organlari mavjud bo'lgani bilan parlamentning vatani Angliya sanaladi. 1215yili qirol hokimiyatining zo'ravonligidan charchagan aslzodalar qirol hokimiyatiga qarshi chiqishdi va «Erkinliklar Buyuk partiyasini» e'lon qilishdi. Unga ko'ra davlatning asosiy masalalari hududiy birliklardan yuborilgan aslzodalar vakillik organi bilan bamaslahat qabul qilinishi nazarda tutilgan. Shu davrgacha qirol o'z bilganicha insonlar hayotiga, molmulkiga hukmronlik qilib kelgan edi. Parlamentning paydo bo'lishi tarixiy zarurat edi. Chunki odil qirol bo'lganida ham, u oddiy fuqaro manfaatini amalga oshirish uchun barcha hudud xalq vakillaridan mavjud muammolarni bilishi kerak bo'lardi. Parlament oddiy kishilar manfaatlarini ko'zlab davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmini shakllantirib keldi. Aynan parlamentning paydo bo'lishi jamiyatni evolyutsion rivojlanishiga xizmat qildi. Chunki parlament fuqarolar, ularning turli guruhlari o'rtasidagi ziddiyatlarni mavjud ijtimoiy holatdan kelib chiqqan holda barcha uchun qulayroq yechimini topib, jamiyatda murosa va tinchlikni ta'minlagan. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ham parlamentarizm madaniyatining barcha yutuqlarini o'zida mujassamlashtirgandir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo'yicha davlat hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyati vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi asosida amalga oshiradi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati davlatning uch asosiy tayanchidir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ana shu uchta hokimiyat idorasining uyg'un faoliyatini ta'minlash vositalari, ularni davlat siyosatining umumiy yo'nalishlari bo'yicha murosaga keltirish va bu idoralarning o'zaro bir-birlarini tiyib turish mexanizmini vujudga keltiruvchi qoidalar mustahkamlangan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Respublikada qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi oliy davlat vakillik organi hisoblanadi. 1992-yilgi Konstitutsiya qabul qilgunga qadar, Respublika Oliy Kengashi oliy hokimiyat organi hisoblanar edi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi avvalgi Oliy Kengashdan ko'pgina jihatlari bilan ajralib turadi. Respublika Prezidenti Islom Karimov Oliy Majlisning l-sessiyasida so'zlagan nutqida bu farqlarni ko'rsatib o'tib, shunday degan edi: «Oliy Majlis sobiq Oliy Kengashdan butun mazmun mohiyati bilan farq qiladi. Uning shakllanishidan tortib, o'z faoliyatini tashkil etish tartiblari va ish usullarigacha buni yaqqol ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.75 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.75 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga