O'zbekiston Respublikasi Prezidenti - davlat va ijroiya hokimiyat boshlig'i

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti - davlat va ijroiya hokimiyat boshlig'i

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti - davlat va ijroiya hokimiyat boshlig'i - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti -davlat va ijroiya hokimiyat boshlig'i Reja: 1. О'zbekiston Prezidenti - davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig'i. 2. О'zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy, huquqiy maqomi. 3. Vazirlar Mahkamasi - О'zbekiston Respublikasining hukumati. О'zbekiston Prezidenti - davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig'i. Konstitutsiyaning 89-moddasida: О'zbekiston Respublikasining Prezidenti О'zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig'idir deb yozilgan. Sobiq Ittifoq respublikalari orasida О'zbekiston birinchi bо'lib, boshqaruvning prezidentlik shaklini joriy qildi. Prezidentlik instituti О'zbekistonda 1990 yil martida О'zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish va О'zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni) ga о'zgartirish va qо'shimchalar kiritish tо'g'risidagi qonun bilan kiritildi. Oliy Sovet XII chaqiriq birinchi sessiyasida О'zbekiston Prezidenti etib I.A.Karimov saylandi. 1991 yil 29 dekabr va 200 yil 9 yanvarda tо'rg'idan-tо'g'ri umumxalq Prezidenti saylovlari о'tkazildi. Saylovlar muqobillik asosida о'tkazildi va I.A.Karimov Prezident etib saylandi. 1992 yilgi Konstitutsiyaga binoan, Prezident davlat boshlig'i deb e'lon qilindi. Boshqaruvning Prezidentlik shaklida Prezident umumxalq saylovlarida saylanadi va davlat boshlig'i hisoblanadi, ayni vaqtda u ijro hokimiyatini ham boshqaradi, faqat о'zi oldida javobgar bо'lgan hukumatni tuzadi. Prezident tushunchasi Konstitutsiyaviy-huquqiy ma'noda davlat boshlig'ini anglatadi. Aynan shuning uchun bu institut jahon davlat-huquq amaliyotida yaratilgan edi. Uning bunday roli Prezidenti bо'lgan har qanday zamonaviy demokratik respublikaga hosdir. Prezident davlatni jipslashtirishi, davlat hokimiyati mehanizmining barqarorligi va harakatchanligini ta'minlashi lozim.О'zbekiston Respublikasining 1992 yilgi Konstitutsiyasiga muvofiq Prezident - hokimiyatlar bо'linishi prinsipiga rioya qilinishida davlat mehanizmining eng muhim institutidir. Davlat boshlig'i sifatida Prezident davlat hokimiyati organlari tizimida yetakchi rol о'ynaydi. Prezident davlat ichida va xalqaro munosabatlarda О'zbekistonning Oliy vakilligini amalga oshiradi. Davlat boshlig'i о'zida u yoki bu hokimiyat tarmog'ini emas, balki davlat va butun davlat hokimiyatining birligini namoyon etadi. О'zbekiston Respublikasining Prezidenti ijro hokimiyatining boshlig'i ham hisoblanadi. Ijro hokimiyatiga bevosita iqtisodiyotga, ijtimoiy va ma'naviy sohalarga boshchilik qilish yuklatilgan. Buning uchun unga kо'rsatma, farmoyish beruvchilik funksiyalari taqdim etilgan. Ijro hokimiyatiga qonunlarni ijro etish yuklangan, bu hokimiyatning nomi shundan kelib chiqqan. Ijro hokimiyati murakkab, bir-biriga bо'ysunadigan davlat organlari tuzilmalari orqali amalga oshiriladi. Unga Vazirlar Mahkamasi yetakchilik qiladi. Vazirlar Mahkamasi - О'zbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy nomidir (Vazirlar Mahkamasi tо'g'risidagi Qonunning 1-moddasi). О'zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy, huquqiy maqomi. О'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIX bobi О'zbekiston Respublikasi Prezidenti deb nomlanadi. Bu bob 9 ta moddadan iborat bо'lib, ularda О'zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy maqomi belgilab berilgan О'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga muvofiq, О'zbekiston Respublikasining Prezidenti О'zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va tо'g'ridan-tо'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yо'li bilan 7 yil muddatga saylanadi. О'zbekiston Respublikasining Prezidenti dahlsizlik huquqiga ega. Prezidentning dahlsizligi mutlaq bо'lib, u ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.17 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.17 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga