O'zbekiston Respublikasi Prezidenti - davlat va ijroiya hokimiyati boshligi Reja: O'zbekistonda Prezidentlik hokimiyati. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari. Vazirlar Maxkamasi va uning huquqiy maqomi. hokimiyatning taksimlash prinsipi asosida mustaqil ijro hokimiyatini amalga oshiruvchi organlar vujudga keldi. Ular hokimiyatning alohida turini amalga oshiradi. Avvalgi konstitutsiyalarda, qonunlarda, shuningdek darslik va risolalarda xam oliy ijro organlari (hukumat) xam, mahalliy ijro organlari (ijrokomlar) vakillik organlarining ijrochi va farmoish beruvchi organi deb etirof etilgan edi. Ular vakillik organlariga buysunuvchi organ hisoblanardi. Natijada ijrochi organlarining ishiga, vakolatiga aralashish, ularni o'rnini bosish xollari oddiy va etirof etilgan holat bo'lib kolgandi. huquqiy davlat tavsifiga bu holat to'g'ri kelmaydi. mustaqil O'zbekiston Respublikasida hokimiyat organlari tizimi belgilanar ekan, ijro hokimiyati organlarining mustaqilligiga ularning mavkeini ko'tarishga alohida etibor berildi. Chunki, «Kuchli ijroiya hokimiyati bulmasa, xatto eng demokratik yul bilan kabul qilingan karorlar xam bajarilmasligi mumkin». Ijro hokimiyati kuchsiz bulsa uni faoliyatiga boshqa organlar asossiz aralashaversa, unda qonunlar qog'ozda kolib ketaveradi, chunki kuchsiz organ o'z vazifasini bajara olmaydi. Bundan tashqari turli hokimiyatni amalga oshiruvchi organlar o'rtasida muvozanatni saklab turish uchun bularning xar biriga boshqasini «tiyib turish», «xaddidan oshmasligini ta'minlash» vakolatlari berib kuyiladi. Bu xakda keyinrok tuxtalamiz. Respublikamizda ijro organlari tizimini takomillashtirish, ularning mavkeini kuchaytirish choralarini ko'rishda davlatimiz tarixiga, milliy an'analarga alohida etibor berildi. O'zbek davlatchiligi tarixida davlat boshligi faoliyatida, idora organlaridayakkaboshchilik muhim xususiyat hisoblangan chunki u mas'uliyatni oshirar edi. Shu tufayli O'zbekiston Respublikasida ijro organlari faoliyatida yakkaboshchilik (muhim xususiyat hisoblangan, chunki u mas'uliyatni oshirar edi) eng makul usul deb hisoblanadi, natijada O'zbekiston Oliy kengashining un ikkinchi chakirik birinchi sessiyasida, Konstitutsiyaga qo'shimcha 12 bob kiritilib, Prezidentlik lavozimi tasis etildi. Unda prezident davlat boshligi va ijro hokimiyatini amalga oshiruvchi shaxs deb belgilandi. Davlat boshligining ijro hokimiyati boshqaruvi urnatilishi, Respublika ijro hokimiyatining mavkeini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlardan biridir. Prezident lavozimi shu ko'rinishda davlat organining boshligi sifatida yangi lavozim bulsa-da, avvallari xam o'zbek davlatchiligi tarixida prezident lavozimi mavjud bo'lgan. Jumladan, Xorazm xalq Sovet Respublikasining 1920 yilgi Konstitutsiyasi 10-moddasida - Xorazm Markaziy Ijroiya komitetining doimiy ijro qiluvchi organi rais tomonidan boshqariladigan 7 kishidan iborat prezidiumdir, u shunday qilib, Respublika prezidenti hisoblanadi deb belgilangan. Bu shuni kursatadiki, prezidentlik boshqa davlatlardan olingan degan fikrlar to'g'ri emas. Lekin prezidentlik faoliyat doirasi, saylanishi, vakolatlari mutlako yangi masaladir. O'zbekiston mahalliy ijro hokimiyati organlarining tizimi va faoliyatini mustahkamlash borasida xam ancha ishlarni amalga oshirdi. Bunda xam tarixiy tajriba, an'analarga murojaat kilindi. Malumki, ko'hna Turkiston zaminida mahalliy hududiy bo'laklar, mahallalar hokim tomonidan boshqarilgan, ular o'z kulida katta hokimiyatni birlashtirgan va shuningdek, katta mas'uliyatga xam ega bo'lgan. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.7 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.7 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:44 ]
Arxiv ichida: doc