O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Karimov I.A. asarlarida fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Karimov I.A. asarlarida fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Karimov I.A. asarlarida fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Karimov I.A. asarlarida fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari Reja: Fuqarolik jamiyatining mohiyati. Prezident Karimov I. A. ning fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasidagi qarashlari. O'zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhimligi va ijtimoiy ahamiyati. Fuqarolik jamiyatining mohiyati. Huquqiy demokratik davlatda inson huquq va erkinliklarining to'la ta'minlanishi, qonunlarning ustivorligi va barchaning qonun oldida tengligi kafolatlanadi. O'zbekiston ham o'z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq o'z oldiga demokratik huquqiy davlat qurishni o'z oldiga oliy maqsad qilib qo'ydi. Demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish borasida Respublikamizda olib borilayotgan islohatlarning zamirida esa inson huquq va erkinliklarini himoya qilish ustivor vazifa qilib belgilandi. Chunki inson huquq va erkinliklarini ta'minlamasdan turib mamlakatda huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratib bo'lmaydi. O'tgan XX asrda dunyoning ikki qutbida hukm surgan mafkuralarning o'zaro kurashi insoniyat uchun rivojlanishning qanday usul va uslublarini tanlashni, munosib hayot kechirish uchun qanday boshqaruv tartibida yashash afzalroq ekanligini ko'rsatdi. Bugun G'arb jamiyatida shakllangan va tobora takomillashib borayotgan boshqaruv tartiblari hamda jamiyatning tuzilishi o'zining bir qator afzalliklarga ega ekanligini ko'rsatmoqda. Boroq shuni ham ta'kidlab o'tish lozimki, bugun dunyoning turli mamlakatlarida turlicha jamiyat va davlat boshqaruvi shakllari qaror topganki, hech qaysi davlatning boshqaruv tartibotini yoki biror-bir mamlakatdagi jamiyat tuzilishini boshqalaridan ustun qo'yib bo'lmaydi. Har bir mamlakatning o'ziga xos xususiyati, davlatchilik an'analari, o'zining huquq manbalari va maktablari mavjud. Demokratik jamiyat qurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va andozalar yo'q. Prezident Islom Karimov dunyoda bir-biriga o'xshagan ikkita inson bo'lmaganidek bir-biriga aynan o'xshagan ikkita davlat ham yo'q, deganida haqlidir. Demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda etirof etilgan bir qator tamoyillari bor. Chunonchi, insonning o'z xohish-irodasini erkin bildirishi va uni amalga oshirishi, ozchilikning ko'pchilikka bo'ysunishi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi davlat asosiy organlarining saylab qo'yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. O'zbekiston demokratik jamiyat qurishda jahon xalqlari tajribasi sinovidan o'tgan ana shu tamoyillarga asoslandi. Shuningdek O'zbekiston demokratik fuqarolik jamiyat qurilishida xalqimizning necha ming yillik tarixiy va ma'naviy taraqqiyoti tajribasiga, milliy davlatchiligimiz negizlariga, ma'naviy merosimiz ildizlariga, milliy xususiyatlarimiz va boy an'analarimizga tayanish yo'lini tutdi. O'zbekistonda shoshma-shosharlikka yo'l qo'yilmasdan, demokratik o'zgarishlarni odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasiga mos bo'lgan darajada va sur'atlarda amalga oshirish tomon yo'l tutildi. O'zbekiston shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurish yo'lini tanladi. Adolat va xaqiqatga intilish azaldan xalqimizning muhim fazilatlaridan biri bo'lib keldi. Adolat g'oyasi mansabdor shaxslarga qo'yiladigan talab va bahoning asosi bo'lgan. Adolat va haqiqat g'oyasi davlatimizning, qonunchilik faoliyatimizning bosh yo'nalishi, demokratik jamiyat qurilishining asosi qilib olindi. Davlatchilik va fuqarolik munosabatlari, mehnat va uy-joy, nafaqa va soliq, tabiatni muhofaza qilish, hayotimizning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.69 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.69 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga