O'zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy - huquqiy maqomi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy - huquqiy maqomi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy - huquqiy maqomi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi Reja 1-. O'zbekistonda Prezidentlik lavozimining joriy qilinishi va konstitutsiyaviy mustahkamlanishi 2-. O'zbekistonda Prezidentlik saylovlarini o'tkazish tartibi 3-. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi 4-. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlari 5- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qiladigan normativ-huquqiy hujjatlar 1. O'zbekistonda Prezidentlik lavozimining joriy qilinishi va konstitutsiyaviy mustahkamlanishi Sobiq Ittifoq Respublikalari orasida O'zbekiston birinchi bo'lib, davlat boshqaruvning prezidentlik shaklini joriy qildi. Prezidentlik instituti O'zbekistonda 1990 yil martida O'zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish va O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni) ga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi Qonun bilan joriy etildi. Oliy Sovet 12-chaqiriq birinchi sessiyasida O'zbekiston Prezidenti etib Islom Abdug'aniyevich Karimov saylandi. 1991 yil 29 dekabr va 200 yil 9 yanvarda to'g'ridan-to'g'ri umumxalq Prezidenti saylovlari o'tkazildi. Saylovlar muqobillik asosida o'tkazilib, I.A.Karimov Prezident etib saylandi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, O'zbekistonning Prezidentlik institutini joriy qilish tajribasi, deyarli barcha sobiq ittifoq Respublikalarda qabul qilindi. Davlat boshqaruvining prezidentlik shaklida Prezident umumxalq saylovlarida saylanadi va davlat boshlig'i hisoblanadi, ayni vaqtda u ijro hokimiyatni ham boshqaradi, faqat o'zi oldida javobgar bo'lgan hukumatni tuzadi. Prezident tushunchasi konstitutsiyaviy - huquqiy ma'noda davlat boshlig'ini anglatadi. Aynan shuning uchun bu institut jahon davlat - huquqiy amaliyotida yaratilgan edi. Uning bunday roli Prezidenti bo'lgan har qanday zamonaviy demokratik Respublikaga xosdir. Prezident davlatni jipslashtirishi, davlat hokimiyati mexanizmining barqarorligi va harakatchanligini ta'minlashi lozim. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Prezident - hokimiyatlar bo'linishi prinsipiga rioya qilinishida davlat mexanizmi uchun eng muhim institutdir. Konstitutsiyaning 89-moddasida O'zbekiston Respublikasining Prezidenti O'zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig'idir. , deyilgan. Davlat boshlig'i sifatida Prezident davlat hokimiyati organlari tizimida yetakchi va muvofiqlashtiruvchi rol o'ynaydi. Prezident davlat ichida va xalqaro munosabatlarda O'zbekistonning Oliy vakilligini amalga oshiradi. Davlat boshlig'i o'zida u yoki bu hokimiyat tarmog'ini emas, balki davlat va butun davlat hokimiyatining birligini namoyon etadi. Konstitutsiyaga muvofiq O'zbekiston Respublikasining Prezidenti ijro hokimiyatning boshlig'i ham hisoblanadi. Ijro hokimiyatiga bevosita iqtisodiyotga, ijtimoiy va ma'naviy sohalarga boshchilik qilish yuklatilgan. Buning uchun unga ko'rsatma, farmoyish beruvchilik vazifalari taqdim etilgan. Ijro hokimiyatiga qonunlarni ijro etish yuklangan, bu hokimiyatning nomi shundan kelib chiqqan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-bobi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti deb nomlanadi. Bu bob 9 ta moddadan iborat bo'lib, ularda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy maqomi belgilab berilgan. 2. O'zbekistonda Prezidentlik saylovlarini o'tkazish tartibi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasining Prezidenti O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan yetti yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O'zbekiston Respublikasi Prezident saylovi to'g'risidagi Qonuni bilan belgilangan ( 1991 yil 18 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.47 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.47 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga