O'zbekiston Respublikasi prezidentining konstitutsiyaviy, huquqiy maqomi

O'zbekiston Respublikasi prezidentining konstitutsiyaviy, huquqiy maqomi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi prezidentining konstitutsiyaviy, huquqiy maqomi - rasmi

Material tavsifi

О'zbekiston respublikasi prezidentining konstitutsiyaviy, huquqiy huquqi. REJA: 1. О'zbekiston Prezidenti - davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig'i. 2. О'zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy, huquqiy maqomi. 3. Vazirlar Mahkamasi - О'zbekiston Respublikasining hukumati. О'zbekiston Prezidenti - davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig'i. Konstitutsiyaning 89-moddasida: О'zbekiston Respublikasining Prezidenti О'zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig'idir deb yozilgan. Sobiq Ittifoq respublikalari orasida О'zbekiston birinchi bо'lib, boshqaruvning prezidentlik shaklini joriy qildi. О'zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish Prezidentlik instituti О'zbekistonda 1990 yil martida О'zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish va О'zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga о'zgartirish va qо'shimchalar kiritish tо'g'risidagi qonun bilan kiritildi. Oliy Sovet XII chaqiriq birinchi sessiyasida О'zbekiston Prezidenti etib I.A.Karimov saylandi. 1991 yil 29 dekabr va 200 yil 9 yanvarda tо'rg'idan-tо'g'ri umumxalq Prezidenti saylovlari о'tkazildi. Saylovlar muqobillik asosida о'tkazildi va I.A.Karimov Prezident etib saylandi. 1992 yilgi Konstitutsiyaga binoan, Prezident davlat boshlig'i deb e'lon qilindi. Boshqaruvning Prezidentlik shaklida Prezident umumxalq saylovlarida saylanadi va davlat boshlig'i hisoblanadi, ayni vaqtda u ijro hokimiyatini ham boshqaradi, faqat о'zi oldida javobgar bо'lgan hukumatni tuzadi. Prezident tushunchasi Konstitutsiyaviy-huquqiy ma'noda davlat boshlig'ini anglatadi. Aynan shuning uchun bu institut jahon davlat-huquq amaliyotida yaratilgan edi. Uning bunday roli Prezidenti bо'lgan har qanday zamonaviy demokratik respublikaga hosdir. Prezident davlatni jipslashtirishi, davlat hokimiyati mehanizmining barqarorligi va harakatchanligini ta'minlashi lozim.О'zbekiston Respublikasining 1992 yilgi Konstitutsiyasiga muvofiq Prezident - hokimiyatlar bо'linishi prinsipiga rioya qilinishida davlat mehanizmining eng muhim institutidir. Davlat boshlig'i sifatida Prezident davlat hokimiyati organlari tizimida yetakchi rol о'ynaydi. Prezident davlat ichida va xalqaro munosabatlarda О'zbekistonning Oliy vakilligini amalga oshiradi. Davlat boshlig'i о'zida u yoki bu hokimiyat tarmog'ini emas, balki davlat va butun davlat hokimiyatining birligini namoyon etadi. О'zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy, huquqiy maqomi. О'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIX bobi О'zbekiston Respublikasi Prezidenti deb nomlanadi. Bu bob 9 ta moddadan iborat bо'lib, ularda О'zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy maqomi belgilab berilgan О'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga muvofiq, О'zbekiston Respublikasining Prezidenti О'zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va tо'g'ridan-tо'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yо'li bilan 7 yil muddatga saylanadi. О'zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab, о'z lavozimini bajarishga kirishadi. О'zbekistonda umumxalq saylovida saylangan Prezident I.A.Karimov birinchi bо'lib qasamyod qabul qildi. Agar bir shaxs ikkinchi marta Prezident bо'lib saylansa, qasamyod takroran qabul qilinadi.Prezidentning qasamyodi faqat rasmiy tantanali marosim sifatidagina qabul qilinmaydi. Shuningdek, u yuridik ahamiyatga ham ega. Prezidentning asosiy vazifasi - davlatning birligini mamlakat ichida va tashqarisida namoyon qilishdir.Prezident vakolatlarining kо'lami uning davlat va ijro hokimiyatining boshlig'i ekanligidan kelib chiqadi. О'zbekiston Prezidenti fuqarolar huquq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.61 MB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:44 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.61 MB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga