O'zbekiston Respublikasi prokuratura idoralarining voyaga yetmaganlarga doir qonunlar ijrosi ustidan nazorat faoliyati

O'zbekiston Respublikasi prokuratura idoralarining voyaga yetmaganlarga doir qonunlar ijrosi ustidan nazorat faoliyati

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi prokuratura idoralarining voyaga yetmaganlarga doir qonunlar ijrosi ustidan nazorat faoliyati - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi prokuratura idoralarining voyaga yetmaganlarga doir qonunlar ijrosi ustidan nazorat faoliyati Reja: Bo'limning asosiy vazifasi va faoliyat yo'nalishlari Bo'lim boshlig'ining vakolatlari Bo'lim boshlig'i o'rinbosarining vakolatlari Bo'lim katta prokurorlari va prokurorlarining vakolatlari Bo'limda ish yuritishni tashkil qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O'zbekiston Respublikasi prokuratura idoralarining voyaga yetmaganlarga doir qonunlar ijrosi ustidan nazorat faoliyati Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atish va tergov qilishning ustidan ham nazorat olib borish qonun bo'yicha prokurorga yuklatilgan. Jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlarida va ular tomonidan jinoyat ishlarini yuritilishi jarayonida voyaga yetmaganlar to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat voyaga yetmaganlar to'g'risidagi qonunlarga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining muhim sohasidir. Chunki voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashni to'g'ri tashkil etish, voyaga yetmaganlarni jinoyat ishlarini yuritilishidagi huquq va majburiyatlariga rioya etilishi ko'p jihatdan voyaga yetmaganlar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olinishiga sabab bo'ladi. Prokuror jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiruvchi organlar tomonidan voyaga yetmaganlar to'g'risidagi qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni olib borib, o'z vakolatlari doirasida: surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan tekshirish uchun jinoyat ishlarini, surishtiruv, tezkor qidiruv faoliyatining hujjatlari va materiallarini hamda boshqa ma'lumotlarni talab qilib oladi; Sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi ariza va ma'lumotlarni qabul qilish, ro'yhatdan o'tkazish va hal etish to'g'risidagi qonun talablari qay darajada ijro etilayotganligini har oy kamida bir marta tekshiradi; Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jinoyatlarni tergov qilish, ehtiyot chorasini tanlash, o'zgartirish yoki bekor qilish, jinoyat tavsifini belgilash, ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etgan shaxslarni qidirish to'g'risida yozma ko'rsatmalar beradi; Voyaga yetmagan ushlanganlarni vaqtincha saqlash xonalarida, tergov xibsxonalarida va qabul qilish - taqsimlash xonalarida har oyda kamida bir marta voyaga yetmaganlarni ushlash, qamoqqa olish va saqlashning qonuniyligini tekshiradi. Tergovchining va surishtiruvchining voyaga yetmaganlarga tegishli bo'lgan jinoyat ishlari bo'yicha noqonuniy hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi. Voyaga yetmaganlar tomonidan og'ir va o'ta og'ir jinoyatlar sodir etilishi sabablari har olti oyda chuqur o'rganilib, bunday holatlarni bartaraf etishning zarur chora-tadbirlarini ko'radi. Voyaga yetmaganlarga oid jinoyat ishlari yuzasidan olib borilayotgan surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda har qanday ish bo'yicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki to'la hajmda amalga oshiradi, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan boshqa vakolatlardan foydalanadi. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan surishtiruv va tergov harakatlarining qonunlarda belgilangan talablarga to'liq amal qilgan holda olib borilishi, bunda ularning shaxsi chuqur o'rganilib, kafolatlangan huquqlarining ta'minlash chorasi ko'radi; Surishtiruv organlariga shaxslarni ushlash, majburiy keltirish, qamoqqa olish, qidirish, tintiuv o'tkazish, olib qo'yish, boshqa tergov ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.83 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.83 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga