O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari

O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI PROKURATURA ORGANLARI PROKURATURA-G'AMXO'RLIK QILISH Prokuratura (lotincha: procurare - g'amxo'rlik qilish) - ayrim mamlakatlarda jinoiy ishlarni qo'zg'atish, ayblovni yoqlash, sud protsessida davlat manfaatlarini himoya qilish vakolatlari yuklatilgan maxsus davlat organi (organlar tizimi). Dastlab 13-14-asrlarda Fransiyada yuzaga kelgan. Bir qancha mamlakatlarda Prokuraturaga barcha fuqarolar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning qonunlarni aniq va bir xilda bajarishi ustidan nazorat qilish vazifasi ham kiradi. Muayyan mamlakatlarda Prokuratura sudning tarkibiy qismi hisoblanadi, boshqalarida esa tashkiliy jihatdan undan ajratilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-bobi PROKURATURA deb nomlanib, 118-,119,120-,121-moddalari aynan shu organni tartibga solishga qaratilgan. Konstitutsiyaning 120-moddasida: O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari o'z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo'ysunib amalga oshiradilar. Prokurorlar o'z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko'zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a'zolikni to'xtatib turadilar. Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning vakolatlari va faoliyat ko'rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi. Prokuratura organlarining tizimi Prokuratura organlarining tizimi quyidagilardan iborat: O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi; Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi; viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari; tumanlar va shaharlar prokuraturalari; viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan O'zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, O'zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi; tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan, hududiy harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi, shuningdek ularning joylardagi bo'linmalari faoliyat ko'rsatadi. O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari qonun ustuvorligini ta'minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini, O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishdan iborat. Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari: Prokuratura organlari o'z faoliyatini quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha amalga oshiradi: vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish; fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish; O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarining harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish; tezkor-qidiruv faoliyatni, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan birinchi o'rinbosariga, o'rinbosarlariga ega bo'ladi. PROKUROR NAZORATI HUJJATLARI: 1.PROTEST 3.TAQDIMNOMA 2.QAROR 4.OGOHLANTIRUV 5.ARIZA Yaqin kunlarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 422.59 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:44 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 422.59 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga