O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining huquqiy maqomi Reja 1- O'zbekiston Respublikasida Prokuratura organlarining tarixiy yaratilishi va hozirgi davrda rivojlanishi 2-. Prokuratura organlarining maqsad va vazifalari 3-. Prokuratura organlari faoliyatini amalga oshirish prinsiplari va tizimi 4-. Prokuror nazorati 5-. Prokurorning huquqiy maqomi 1-. O'zbekiston Respublikasida Prokuratura organlarining Konstitutsiyaviy asoslari tarixiy yaratilishi va hozirgi davrdagi rivojlanishi Jamiyat taraqqiyotining u yoki bu sohasini tarix nuqtai nazari asosida o'rganish va fikr yuritish hozirgi davr talabidir, shuningdek ijtimoiy tizimdagi muammolarni hal etish uchun bu sohalarga to'g'ri baho berish zarur, bu esa rivojlanish rejalarini aniq belgilab olishga yordam beradi.Istiqboldan oldin Turkiston hududida xonlik va amirliklarning boshqaruv organlaridagi qozilari amalda bo'lgan shariat normalariga muvofiq ish olib borganlar, ular ustidan xonlar, amirlar, joylardagi beklar nazorat olib borganlar. O'rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingunga qadar uning hududida uchta davlat, Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonligi hukmron edi. Boshqaruvda Quron va shariat normalari amalda bo'lgan. Quron va shariat normalariga qatiy amal qilish har bir mo'min musulmonning burchi hisoblangan. Islom qonun normalariga qatiy rioya qilinishini ta'minlanishida qozi va biylari muhim o'rinni egallagan. Qozi sudlari jinoiy va fuqarolik ishlarini, shariat normalariga rioya qilishlari ustidan nazorat olib borgan, qozilar, amir, xonlar tomonidan mansabiga muddatsiz tayinlangan. «Qozilik mansabiga tayinlanishi lozim bo'lgan shaxs o'zini bosib olgan, oliy diniy ma'lumotga ega bo'lgan shaxslardan tanlangan. Ularning bilimdonligi ulamolar tomonidan imtihondan o'tkazilib, keyin tayinlangan». O'rta Osiyodagi biy sudyalari, jinoiy yoki fuqarolik, oila-nikoh masalalarini shariat va boshqa yozilmagan urf-odat normalari asosida, hal qilish bilan shug'ullangan. Qozi sud ishlarini og'zaki, oshkora amalga oshirib, yakka o'zi ko'rgan ish bo'yicha hukm chiqargan. Qozi sudlari chiqargan hukmlarga (amir yoki xonga) shikoyat qilingan. Agar shikoyat oliy hukmdor tomonidan qondirilsa, u holda qozi chiqargan hukm bekor qilingan. O'rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganidan keyin, butun hokimiyat Turkiston general gubernatorligiga bo'ysundirildi va boshqaruv organlari o'zgartirildi. Turkiston o'lkasida 1887 yili Rossiya hukmdorlari tomonidan tuzilgan prokuratura organlari O'rta Osiyoda mustamlakachilik siyosatini mustahkamlash, mahalliy xalqni podsho va uning amaldorlariga itoatgo'y qilib berish, ularni xo'rlash, tabiiy boyliklarni istaganicha olib ketishlariga shart-sharoit yaratib berish bilan shug'ullanishgan. Prokuratura organlarida asosan uning hududidan kelgan turli millatga mansub kishilar bo'lgan va birinchi prokurorlik lavozimiga faqat rus millatiga mansub kishilar ishlagan. «Oktyabr inqilobidan» keyin yana hokimiyat o'zgardi, yana yangi tartib qoidalar o'rnatila boshladi. Buxoro xalq jumhuriyatida 1924 yilning o'rtalariga kelib qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat olib boruvchi maxsus organ-prokuratura organi to'la shakllangan bo'lsada, amaldagi qonun normalari RSFSR qonun normalari asosida qabul qilinganligi, rus alifbosida yozilganligi tufayli ming yillab musulmon qonunchiligi bo'yicha yetuk bilimga, mutaxassislarga ega bo'lgan xalq, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.19 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.19 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:44 ]
Arxiv ichida: doc