O'zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlarida fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish Reja: Yo'riqnomaning amal qilish doirasi Murojaatlarni ko'rib chiqish tartibi va muddatlari Murojaatlarni hal qilish va ular bo'yicha xabar berish tartibi O'zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlarida fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda «Fuqrolarning murojaatlari to'g'risida»gi Qonunida O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning davlat organlari va muassasalariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqi kafolatlangan. O'zbekiston Respublikasining «Prokuratura to'g'risida»gi qonunida fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilish prokuratura organlarining asosiy vazifalaridan biri deb etirof etilgan. Prokurorlar fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqadilar, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko'radilar. Murojaatlarni ko'rib chiqishda O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida»gi qonunida mustahkamlangan fuqarolarning murojaat etish huquqining ixtiyoriyligi, bu huquqdan foydalanayotganida kamsitishga yo'l qo'yilmasligi, murojaatni qabul qilish va ko'rib chiqishning majburiyligi hamda fuqarolarning murojaat etishi munosabati bilan ularning xavfsizligi kafolatlarini ta'minlaydilar. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, O'zbekiston Respublikasi Transport, Harbiy, shahar, tuman prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda murojaatlarni ko'rib chiqish, hal etish hamda fuqarolarni qabul qilish yagona tartibda mazkur Yo'riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Murojaatlarni qabul qilish, ro'yxatdan o'tkazish, rasmiylashtirish, hisob varaqalarini yuritish, ularning ijrosini nazorat qilish, jo'natish, nusxa ko'paytirish hamda arxivga topshirish tartibi O'zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlarida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish to'g'risida''gi Yo'riqnoma bilan belgilanadi. Murojaatlarni ko'rib chiqish hamda fuqarolarni qabul qilish ishlariga umumiy rahbarlik Respublika Bosh prokuraturasida Bosh prokurorning o'rinbosarlaridan biri, viloyat, shahar, tuman prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda tegishli prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining fuqarolar murojaatlari va xatlar bo'limi, viloyat prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning soha, bo'yicha katta yordamchilari tomonidan bu boradagi ishlar bevosita tashkil etiladi va ta'minlanadi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning tarkibiy tarmoq rahbarlari, shahar, tuman prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar murojaatlarni mazkur Yo'riqnoma talablariga qatiy rioya etgan holda ko'rib chiqilishi va qonuniy hal qilinishi uchun masuldirlar. Prokuratura organlarining barcha xodimlari fuqarolar murojaatlarini o'z vaqtida, holisona va qonuniy hal etilishiga, ularning poymol etilgan huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini faqat qonunda belgilangan huquqiy vositalar bilan himoya qilinishiga, qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda fuqaroga etkazilgan zararni qoplash chora-tadbirlarini ko'rishga javobgardirlar. Fuqarolarning shaxsiy qabulini tashkil etish va amalga oshirish, murojaatlarni belgilangan tartibda va muddatda ko'rib chiqish va qonuniy hal qilishga mas'uliyatsizlik bilan yondashgan prokuror-tergov xodimlari intizomiy javobgarlikka tortiladilar. Ushbu Yo'riqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: murojaat - fuqaro, jamoa, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.89 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.89 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:44 ]
Arxiv ichida: doc