O'zbekiston Respublikasi Prokuraturasi Reja: 1. O'zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari tizimi. 2. O'zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari faoliyati. O'zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari tizimi O'zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilish ustidan nazoratni O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradilar. O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlarini tashkil etish, ularning vakolatlari va faoliyat ko'rsatish tartibi O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining «Prokuratura to'g'risida»gi qonunida belgilangan edi. 2001 yil 29 avgusta O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkinchi chaqiriq oltinichi sessiyasida O'zbekiston Respublikasi prokuraturasi to'g'risida qonun yangi tahrirda qabul qildi. Prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimiga O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori boshchilik qiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasining prokurori O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori bilan kelishgan holda Qaroqalpog'iston Respublikasining Oliy vakillik organi tomonidan tayinlanadi. Prokuratura tizimida yana viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari, tumanlar va shaharlar prokuraturalari, viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan O'zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, O'zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi, tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan harbiy okruglar, hududiy harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar, O'zbekiston Respublikasi prokuraturasi huzurida Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo'linmalari faoliyat ko'rsatadi. Prokurorlarning vakolat muddati besh yil. Prokurorlar o'z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko'zlovchi boshqa jamoa birlashmalariga azolikni to'xtatib turishliklari shart. O'zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari faoliyati. Prokuror nazorati - bu O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga buysunuvchi prokurorlarning O'zbekiston Respublikasi hududida barcha vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralari, davlat nazorati organlari, hokimlar, kimga bo'ysunishidan, kimning tasarrufida bo'lishidan va mulkchilik shaklidan katiy nazar muassasalar, tashkilotlar, korxonalar, harbiy qismlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar, shuningdek fuqarolar tomonidan qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishini ta'minlashdir. Nazorat umumiy, sud qarorinining bajarilishi, koloniyalar ustidan amalga oshiriladi. Umumiy nazorat, korxona, muassasa, tashkilotlarda qonun buzilmasligini ta'minlashga qaratilgan. Sudning qarori qay darajada bajarilayotganligini nazorat qilish, bu jarayonda qonun buzilmasligini ta'minlash ham prokuror zimmasiga yuklatiladi. Ozodlikdan mahrum qilinganlar joylashgan koloniyalar bir-necha turga bo'linadi. Ushbu joylardagi o'rnatilgan tartib-qoidalarga oid qonunni bajarilishi ustidan nazorat prokuror tomonidan amalga oshiriladi. Adabiyotlar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T., «O'zbekiston», 2007. I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. T., ma'naviyat, 2008. I.A.Karimov. «O'zbekiston - kelajagi buyuk davlat». T., «O'zbekiston», 1992. I.A.Karimov. «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li». T., «O'zbekiston», 1992. I.A.Karimov. «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari». T., «O'zbekiston», 1997. I.A.Karimov. «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda». Xalq so'zi 199 y. 15 aprel. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi T. 199. O'zbekiston Respublikasi «Oliy Majlisi to'g'risida»gi qonuni T. «Adolat» 1994. O'zbekiston Respublikasi «Sudlar to'g'risida»gi qonuni. T. «Adolat» 1993. R.K.Qayumov. «O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi». T., «O'zbekiston», 1998. Konstitutsii Mira. 1-7-tomax. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.94 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.94 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: doc