O'zbekiston Respublikasi prokuraturasining xorijiy mamlakatlar prokuraturalari bilan o'zaro aloqalari Reja: xalqaro hamkorlik O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari O'zbekiston Respublikasi prokuraturasining xorijiy mamlakatlar prokuraturalari bilan o'zaro aloqalari Keyingi yillarda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan huquqiy sohadagi hamkorligi izchil rivojlanib bormoqda. Bunga O'zbekiston va koreya prokuraturalari o'rtasida o'rnatilgan o'zaro hamkorlik munosabatlari yorqin misol bo'la oladi. Shuni takidlash joizki, 2003 yil fevral oyida imzolangan ekstraditsiya va o'zaro huquqiy yordam ko'rsatish to'g'risidagi bitim ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashning huquqiy bazasi bo'lib xizmat qilmoqda. 2003 yilning 10 oktyabr 4 noyabr kunlari Seul shahrida bo'lib o'tgan Jinoyatlarning oldini olish va jinoyatlar yuzasidan adolatli sudlovni amalga oshirish mavzusidagi xalqaro konferensiya va seminarlarda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining millatlararo va xalqaro munosabatlarda qonunlar ijrosi ustidan nazorat bo'limi katta prokurori X.Bo'riev Koreya xalqaro hamkorlik agentligi taklifiga ko'ra ishtirok etdi. 2003 yilning noyabr oyida Respublika Bosh prokurori R.H.Qodirov boshchiligidagi O'zbekiston prokuraturasi delegatsiyasi Koreya Respublikasi bilan huquqiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish, o'zaro huquqiy yordam ko'rsatish to'g'risidagi idoralararo bitimlarni imzolash hamda ushbu davlatning prokuratura organlari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida koreyaga tashrif buyurgan. O'z o'rnida 2004 yilning 29 oktyabr - 1 noyabr kunlari mamlakatimizga Koreya Respublikasi Oliy Xalq prokuraturasi delegatsiyasining tashrifi hamkorlik aloqalari izchil yo'lga qo'yilayotganidan dalolatdir. Huddi shunday diplomatik aloqalar o'rnatilgan va xalqaro shartnomalar tuzilgan davlatlar bilan jumladan AQSH, Yaponiya, Germaniya, Xitoy va hakazo davlatlar bilan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o'zaro hamkorlik, jinoyatchilikka qarshi kurash amaliyotini o'rganish hamda prokuratura faoliyatidagi ijobiy amaliyot almashish aloqalarini o'rnatilgan. xalqaro hamkorlik. Diplomatik aloqalar o'rnatilgan va shartnomalar tuzilgan davlatlar bilan jinoyat sodir etgan shaxslarni ushlab berish, jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatida o'zaro hamkorlik ishlarini ham O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi orqali amalga oshiriladi. O'zaro shartnomalar mavjud bo'lmagan davlatlar bilan huquqiy aloqalar xalqaro konvensiyalar, xalqaro huquqiy normalar talablari asosida amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining xalqaro-huquqiy bo'limi mavjud. O'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining «xalqaro-huquqiy bo'limi to'g'risida»gi Nizomi asosida olib boradi. Nizom 2004 yil 23 aprel kuni 20-son buyrug'i bilan tasdiqlangan. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining «xalqaro-huquqiy bo'limi to'g'risida»gi NIZOM talablariga ko'ra, xalqaro huquqiy bo'lim (bundan keyin matnda bo'lim deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining mustaqil tarkibiy tarmog'i bo'lib, xalqaro-huquqiy sohada qonunlar ijrosi ustidan nazorat olib boradi. Bo'lim faoliyatiga Bosh prokuror tomonidan tayinlanadigan bo'lim boshlig'i rahbarlik qiladi. Bo'limda bo'lim boshlig'ining o'rinbosari, katta prokurorlar va prokurorlar, mutaxassislar hamda bo'lim noziri faoliyat ko'rsatadi. Bo'lim o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Prokuratura to'g'risida»gi qonuni va amalda bo'lgan boshqa qonun hujjatlari, Bosh prokuraturaning hayati qarorlari, Bosh prokurorning buyruq va ko'rsatmalari hamda mazkur ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.47 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.47 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: doc