O'zbekiston Respublikasi qonun chiqarish hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari Reja: 1. Qonun chiqaruvchi hokimiyat tushunchasi va uni tashkil qilish tartibi 2. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining konstitutsiyaviy vakolatlari 3. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatining tashkiliy -huquqiy masalalari 4. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati faoliyatini tashkil etish tartibi 5. O'zbekiston Respublikasida qonunchilik jarayoni 1. Qonun chiqaruvchi hokimiyat tushunchasi va uni tashkil qilish tartibi O'zbekiston mustaqillik yillari davomida umuminsoniy qadriyatlar va boy milliy an'analar bilan yo'g'rilgan o'ziga xos rivojlanish yo'lini aniqlab oldi. Shu asosda davlat-huquqiy amaliyotda jahon parlamentarizmining boy tajribasidan unumli foydalanilib, Respublika konstitutsiyaviy tuzumida xalq hokimiyatchiligi, hokimiyatlarning bo'linishi prinsiplariga mos davlat organlari tizimini shakllantirildi. Insoniyat huquqiy tafakkurining mahsuli hisoblangan hamda jamiyatning umummilliy vakillik muassasasi sifatida dunyoga kelgan parlament uzoq yillar davomidagi tarixga ega va uning ildizlari XII-XII asrlardagi ingliz parlamenti va ispan korteslariga borib taqaladi. Parlament so'zining lug'aviy ma'nosi fransuz tilidan olingan bo'lib, gapirmoq ma'nosini anglatadi. Parlamentarizm katta taraqqiyot bosqichini bosib o'tdi va uning chinakam tarixi burjua inqiloblari davridan boshlanadi. Endilikda aksariyat mamlakatlarning parlament institutiga ega ekanligini ta'kidlab o'tmoq joiz. Hozir yer kurrasidagi 200 ga yaqin davlatning qariyb 177 tasida oliy qonun chiqaruvchi vakillik organi-parlamentlar bor. Hozirgi zamon parlamentlari o'zlarining tuzilishi, vakolatlarining hajmi, ijtimoiy tarkibi, o'z mamlakatlari siyosiy tizimida tutgan o'rni, saylanish tartibi mavqei bilan bir-birlaridan ajralib turadilar. Ular hatto nomlanishi, deputatlarining soni bilan ham farq qiladilar, masalan: AQSHda 535 deputatdan iborat Kongress, Xitoy Xalq Respublikasidagi Umumxitoy Xalq vakillari majlisida 2979 a'zo, Rossiyada 626 deputatdan iborat Federal Majlis, Misrda 454 deputatli Xalq Assambleyasi, Isroilda 120 a'zodan iborat Knesset, Islandiyada 63 a'zodan iborat Altningni misol qilib ko'rsatish mumkin. Jahon parlamentlarining ko'pchiligi bir palatali tuzilishga ega. Yer kurrasidagi 65 ta davlatda esa, ikki palatali oliy vakillik organlari mavjud. Odatda, ikki palatali parlamentning palatalaridan biri ko'pincha quyi palata deb yuritilib, u xalqning yagona irodasini ifodalaydi. (AQSHda - Vakillar palatasi, Fransiyada - Millat Majlisi), boshqasi esa yuqori palata deb atalib, u davlatning tarkibiy qism (hudud)larining manfaatlarini ifodalaydi. Parlamentlarning bunday tuzilishi muqim demokratik an'analar hamda federativ davlat tuzilishiga ega bo'lgan mamlakatlarga xosdir. Masalan, shu kabi parlamentlar AQSH, GFR, Braziliya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya va boshqalarda faoliyat yurgizmoqdalar. Jamiyat manfaatlarining ifodachisi bo'lmish parlamentlar, aholining turli ijtimoiy qatlamlari guruhlarining vakillaridan tashkil topadilar. Ko'rinib turibdiki, dunyodagi parlamentlar rang-barang, ammo ular o'z mamlakatlarida muhim ijtimoiy vazifa-qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradilar. O'zbekiston Konstitutsiyasining 10-moddasida, davlat hokimiyatining birdan-bir manbai - xalq nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishligi qayd etilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.47 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.47 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: doc