O'zbekiston Respublikasi qonunchilik hokimiyatidagi izchil islohotlar -ikki palatali parlamentga o'tish zaruriyati Reja 1. O'zbekiston Respublikasida parlament islohotlarining tarixiy zaruriyati 2. O'zbekistonning ikki palatali parlamenti - izchil islohotlar samarasi 3. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati - yangi huquqiy institut sifatida 4. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining shakllanish tartibi. Parlament faoliyatining huquqiy asoslari 1. O'zbekiston Respublikasida parlament islohotlarining tarixiy zaruriyati Parlamentarizmning takomillashib va mustahkamlanib borishi umumjahon tendensiyasi hisoblanadi. Parlament rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari uning oliy Vakillik va qonun chiqaruvchi organ sifatidagi tabiatining o'zida mavjuddir. Bugungi kunda deyarli barcha demokratik mamlakatlar uchun xos bo'lgan xususiyat shuki, parlament o'z vazifasini qanchalik samarali bajarsa va hokimiyatlar bo'linishi tizimida kuchliroq mavqega ega bo'lsa, huquqiy davlat va uning qonunchilik tizimi shunchalik samaraliroqdir. Ikki palatali parlament g'oyasi hokimiyatlar bo'linishi prinsipi hamda o'zaro tiyib turish va muvozanatni saqlash tizimiga juda yaqin turadi, farq faqat shundaki, bunda gap vakillik va qonunchilik hokimiyatining oliy organi sifatida parlamentning o'z tarkibiy tuzilishi haqida bormoqda. Amaliyotda ikki palatali parlamentga ega bo'lgan mamlakatlarning aksariyatida ikkala palataning vakolatlari o'zaro tiyib turish va muvozanatni saqlash tizimi asosida shakllantiriladi. Qoida tariqasida, quyi palata ancha faol, liberal, ko'pincha siyosiy partiyalar ishtiroki tufayli radikal hamdir. Yuqori palata konservativ posangi vazifasini o'taydi. Ikki palatali tizimning asosiy g'oyasi ana shu nisbatda tasavvur qilinadi. Ikki palatali parlamentda boshqacha, masalan, davlatning federal tuzilishi bilan bog'liq xususiyat ham bo'lishi mumkinligiga qaramay, konservatizm elementiga ega parlament g'oyasi ancha uzoq tarixga ega. E.H.Xalilov takidlaganidek, «ikki palatali tizimni tanlashning asosiy sababi - davlatning federativ tuzilishidadir, deyish to'g'ri bo'lmaydi. Ikki palatali tizim federativ davlatlar paydo bo'lishidan birmuncha avval yuzaga kelgan va uning ildizlari uzoq tarixga ega». U XII asr oxirlarida Lordlar palatasi tasis etilgan Angliyani tarixiy misol tariqasida keltiradi. Aslida «yuqori palata aslo federatsiya subyektlarini ifodalash uchun paydo bo'lmaganligini» ko'rsatib o'tar ekan, L.V.Smirnyagin ham ayni shu fikrni bildiradi. U ham Buyuk Britaniyadagi Lordlar palatasini quyi palata faoliyatiga xos bo'lgan keskinlik va shoshma-shosharlikni yumshatishga qaratilgan aristokratlar majlisi sifatida yuqori palataning timsoli deb hisoblaydi. Uning va boshqa ko'pgina davlatshunoslarning fikricha, yumshatish - yuqori palataning bosh vazifasidir, vaholanki mintaqaviy hokimiyatlarning Vakilligi kelib chiqishi bo'yicha ham, ahamiyati jihatidan ham ikkinchi vazifadir. «Qonun ijodkorligini sekinlatish, parlament a'zolarini muammolar ichiga chuqurroq kirib borishga majbur qilish, uzoq yillarga mo'ljallangan qonunlarni qabul qilishda o'tkinchi mulohazalar ta'sirini kamaytirish -bu yuqori palataning mintaqaviy hokimiyatlar Vakilligi vazifasi bilan unchalik umumiylikka ega bo'lmagan eng muhim vazifasidir». Bu vazifa yuqori palatani shakllantirishga boshqacha yondashishni va deputatlarga boshqacha talablar quyilishini taqozo etadi. Xususan, yuqori palataga tajribali siyosatchilarni, mamlakatning eng obro'li kishilarini, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.3 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.3 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: doc