O'zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimining nazariy masalalari Reja: Qonunchilik tizimi tushunchasi va yuridik tabiati Qonunchilik muhim ijtimoiy vazifani bajaradi. Qonunchilik tizimi tushunchasi va yuridik tabiati Davlat qonunlar orqali o'z irodasini, amalga oshirayotgan huquqiy siyosatning mazmunini jamiyatning barcha a'zolariga etkazadi, o'z faoliyatiga rasmiy tus beradi. Demokratik mamlakatlarning qonunlari o'zida xalqning irodasini, ijtimoiy ongi va madaniyatini, orzu-intilishlarini umumlashtirgan holda aks ettiradi. Qonunlarning eng asosiy ijtimoiy vazifasi - jamiyatda tartib, intizom va barqarorlikni ta'minlashdan iborat. Aslida qonun ijtimoiy tajribaning mujassamlashgan ifodasi, qayta-qayta takrorlanishi oqibatida hayotdan o'rin olgan va umumetirof etilgan ijtimoiy munosabatlarning huquqiy shakli sifatida maydonga chiqadi. I.A.Karimov II-chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XVI sessiyasida so'zlagan nutqida: Yuzga yaqin qonunlar qabul qilingani, bu hujjatlar birinchi navbatda el-yurtimizning qiyofasini har tomonlama ijobiy o'zgartirish, mamlakatimizning salohiyati va beqiyos imkoniyatlarini ochib berishda, ularning bugungi va kelgusi avlodlar manfaati uchun ishlatish yo'lida huquqiy asos bo'lib xizmat qilishi - o'ta muhimligini alohida takidladi. Qonunlar, shuningdek, butun qonunchilik hujjatlari yig'indisi davlat va jamiyat hayotining huquqiy asosini tashkil qiladi. Ular davlat bilan xalq, davlat bilan fuqaro o'rtasidagi aloqalar qatiy huquqiy zaminga tayangan holda ravon va mo'tadil amalga oshishini ta'minlaydi. Mamlakatda qonunning ustuvor bo'lishi, qonunga nisbatan chinakam hurmatning shakllanishi zarurligining boisi shundaki, qonunda xalq irodasi o'z ifodasini topadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov takidlaganidek, biz qonun ustuvorligiga katta ahamiyat berayotganimizning sababi shundaki, qonunchilik davlatning kuch-qudratini, uning xalq xohish-irodasiga tayanib Qonun chiqaruvchining maqsadi esa, samarali qonunlar vositasida ijtimoiy munosabatlarni davlat va jamiyat manfaati nuqtai nazaridan muhimlik darajasini belgilash va tartibga solishdan iborat. Umuman olganda, jamiyat hayotida ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda qonunlarning o'rni beqiyosdir. Ammo bir qarashda oddiygina bo'lib ko'ringan qonunchilik tushunchasi hali hanuz bahsli bo'lib qolmoqda. Aniqrog'i, bu borada aniq bir to'xtamga kelingani yo'q. Holbuki, normativ (me'yoriy) - huquqiy hujjatlar haqida so'z yuritilganda qonunchilik iborasi ko'p ishlatiladi. Shuningdek, amaliyotda qonun hujjatlari va qonunchilik hujjatlari tushunchalari ham keng qo'llanilmoqda. Shu o'rinda bir necha savollar tug'iladi: Qonunchilik o'zi nima? Qonun hujjatlari bilan qonunchilik hujjatlari tushunchalari o'rtasida farq bormi? Normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasi nimani anglatadi? Huquq nazariyasi va amaliyotda qonunchilik tushunchasini turli manolarda ishlatilishi kuzatiladi. Shu nuqtai nazardan, qonunchilik tushunchasining ensiklopedik ta'rifiga etibor qarataylik. Unga ko'ra, qonunchilik tushunchasining quyidagi ikki izohi mavjud: 1) qonunchilik - davlat tomonidan o'z funksiyalarini amalga oshirishning asosiy usullaridan biri bo'lib, davlat hokimiyati organlari tomonidan qonunlar chiqarishda ifodalanadi; 2) qonunchilik - ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig'indisi yoki ijtimoiy munosabatlarning bir sohasi (fuqarolik qonunchiligi, jinoyat qonunchiligi, ma'muriy qonunchilik va boshqalar). O'zbekisiton Respublikasida qonunchilik tushunchasi qoida bo'yicha, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Respublikaning Konstitutsiyaviy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.28 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.28 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: docx