O'zbekiston Respublikasi umumiy yurisdiksiyasidagi sudlar tizimi

O'zbekiston Respublikasi umumiy yurisdiksiyasidagi sudlar tizimi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi umumiy yurisdiksiyasidagi sudlar tizimi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi umumiy yurisdiksiyasidagi sudlar tizimi Reja: O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Vazirlikning asosiy vazifalari Jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko'rsatish O'zbekiston Respublikasi umumiy yurisdiksiyasidagi sudlar tizimi tashkiliy tuzilishi jihatidan sudlar bir-biri bilan bo'g'in tushunchasi bilan, bajaradigan funksiyalari jihatidan esa instansiya tushunchasi bilan bog'liq bo'ladi. Sud instansiyasi sud ishlarini hal etish bilan bog'liq u yoki bu sud funksiyasini bajaruvchi sud (yoki uning tarkibiy tuzilmasi) hisoblanadi. Birinchi instansiya sudi deb mazkur ish uchun asosiy bo'lgan masalalarni mazmunan ko'rib chiqishga vakolatli bo'lgan sudga aytiladi. Jinoiy ishlar bo'yicha bunday masalalarga ayblanuvchi shaxsning u yoki bu jinoyatni sodir etishda aybdorligi yoki aybdor emasligi va unga qanday jazo tayinlanishi kerakligi masalasi kiradi. Fuqarolik ishlari bo'yicha ishning mohiyatini qilinayotgan davo asosli yoki asosli emasligi hamda buning natijasida vujudga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlar xususidagi masalalar tashkil etadi. Birinchi instansiya sudi sifatida har qanday sud, hatto oliy sudlar ham chiqishi mumkin. Barcha sudlar vakolat doirasi amaldagi qonun bilan aniq belgilangan. Apellyatsiya instansiyasi sudi qonuniy kuchga kirib ulgurmagan qaror va hukmlarning qonuniyligi va asosliligini tekshirishga qaratilgan. Umumiy yurisdiksiya sudlari tizimida bunday sudlar sifatida asosiy bo'g'in sudlariga kirmaydigan barcha yuqori turuvchi sudlar maydonga chiqishi mumkin. Apellyatsiya tartibida ko'rib chiqilgan ish kassatsiya tartibida qayta ko'rib chiqilishi mumkin emas. Kassatsiya instansiyasi sudi esa qonuniy kuchga kirgan hukm va qarorlarning qonuniyligini tekshiradi. Umumiy va harbiy sudlar tizimida bunday sudlar sifatida asosiy bo'g'in sudlaridan tashqari barcha sudlar chiqishi mumkin. Xo'jalik sudlarida esa bu vazifani O'zR Oliy xo'jalik sudi amalga oshiradi. Nazorat instansiyasi atamasi ham keng qo'llanilib kelmoqda. Bu atama orqali sudlarning qonuniy kuchga kirgan hukm va qarorlarini qonuniy va asosliligini tekshiruvchi sud bo'linmalari belgilanadi. Umumiy yurisdiksiya sudlari ichida bunday sudlar sifatida o'rta bo'g'in sudlari Prezidiumlari hamda O'zR Oliy sudi Prezidiumi va kollegiyalari bo'lishi mumkin. Harbiy sudlar uchun bunday sudlar sifatida o'rta bo'g'in sudlari, O'zR Oliy sudi Harbiy hayati, Xo'jalik sudlari uchun esa - Oliy xo'jalik sudi Prezidiumi bo'lishi mumkin. Yuqori turuvchi instansiya yoki yuqori turuvchi sud deganda tegishli sudga nisbatan ancha yuqori mavqe va maqomga ega bo'lgan sudlar tushuniladi. Yuqori sud instansiyasi atamasi O'zR Oliy sudi yoki Oliy xo'jalik sudining nomlanishining sinonimi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi adliya sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi markaziy davlat ijro organi hisoblanadi. Uning maqomi 2003 yil 27 avgustda O'zbekiston Respublikasida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to'g'risidagi nizom va boshqa normativ huquqiy aktlar bilan tartibga solinadi. Vazirlik o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining me'yoriy aktlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror, farmon va farmoyishlari, O'zbekiston ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.49 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.49 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga