O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy maqomi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy maqomi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy maqomi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu:O'zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy maqomi. Mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlarining konstitutsiyaviy - huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining asosiy funksiyalari. Reja: Vazirlar Mahkamasi - O'zbekiston Respublikasining Hukumati - iqtisodiyot, ijtimoiy va ma'naviy sohalarning samarali faoliyat ko'rsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, Оliy Mаjlisning boshqa qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Pryezidyentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bajarilishiga rahbarlikni ta'minlovchi O'zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi - O'zbekiston Respublikasi hukumati; ijro etuvchi hokimiyatning markaziy organi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XX bobida va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida (1993 yil 6 may; yangi tahrirda 2003 yil 29 avgust)gi qonunda belgilangan. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI VA VAZIRLAR MAHKAMASI Konstitutsiyaga ko'ra, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning , ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi. Vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar hamda davlat va xo'jalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo'naltiradi. Vazirlar Mahkamasi tarkibiga: O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirning o'rinbosarlari Vazirlar O'zbekiston Respublikasi Davlat qo'mitalarining raislari Davlat va xo'jalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari kiradilar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XX bobi «Vazirlar Mahkamasi» deb nomlanib, unda Vazirlar Mahkamasi - hukumatni tashkil qilish tartibi, hukumat tarkibi, vazifasi belgilangan. Hukumatning faoliyati 2003 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi qonun bilan tartibga solinadi. Konstitutsiya va qonunga asosan Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi (Konstitutsiyaning 98-moddasi). Vazirlar Mahkamasini shakllantirish muhim masalalardan bo'lganligi tufayli uni shakllantirish qoidalari va tartibi Konstitutsiya normalari bilan belgilangan. Konstitutsiyaning bir necha moddalarida Vazirlar Mahkamasini shakllantirish qoidalari uchraydi. Konstitutsiyaning 78-moddasi, 15-bandida Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolati, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko'rib chiqishi va tasdiqlashi belgilangan. Ushbu sohada yangi islohotlarni amalga oshirish uchun Prezidentimiz I.A.Karimov 2010 yil Konstitutsiyaning 93-moddasi 10-bandida ham shu masala hal qilingan bo'lib, unda Prezident «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko'rib chiqishi va tasdiqlashi uchun O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi va lavozimdan ozod etadi», deb ko'rsatilgan. Bu yerda Bosh vazirni lavozimidan ozod etishning Prezident vakolatiga kirishi belgilangan. Konstitutsiyaning 98-moddasi ikkinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasini shakllantirishga bahishlangan bo'lib, unga asosan Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. Tegishli tartibda tasdiqlangan Bosh vazir taqdimiga binoan Vazirlar Mahkamasining a'zolari Prezident tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining mas'uliyati asosi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.57 MB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:45 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.57 MB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga