O'zbekiston Respublikasi xalq hokimiyati tizimida o'zini o'zi boshqarish Reja: 1. O'zini o'zi boshqarish - Konstitutsiyaviy tuzumning asosi 2. O'zini o'zi boshqarish - xalq hokimiyatchiligining shakli 3. O'zini o'zi boshqarish va davlat hokimiyati O'zini o'zi boshqarish - konstitutsiyaviy tuzumning asosi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlatni demokratik Respublika (1-modda) deb belgilash orqali uning demokratizmi eng muhim negizlarini mustahkamlaydi, bu negizlar avvalo xalq hokimiyatida; hokimiyatni qonunchilik, ijro va sud hokimiyatlariga bo'lishda; mafkuraviy va siyosiy xilma-xillikda, shuningdek o'zini o'zi boshqarishda ifodalanadi. Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan ana shu eng muhim tamoyillar butun jamiyatning, davlatning, barcha tarmoqlardagi milliy huquqning yuridik modelini yaratdi. Konstitutsiyaviy tuzum asoslari deganda mazkur tamoyillarni haqiqatda amalga oshirish ta'sirida vujudga kelgan jamiyat, davlat, milliy huquqning holatini tushunmoq kerak. O'zini o'zi boshqarishni konstitutsiyaviy tuzumning asoslaridan biri deb ta'riflash O'zbekistonning demokratik va huquqiy davlat bo'lish maqsadi (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasi) bilan mantiqiy bog'liqdir. Bu ta'rif xalqning o'z hokimiyatini amalga oshirishini, fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda qatnashish huquqini ro'yobga chiqarishni ta'minlaydigan o'zini o'zi boshqarish qadriyatini tushunishdan dalolat beradi (32-modda). Binobarin, konstitutsiyaviy tuzum asoslaridan biri bo'lgan o'zini o'zi boshqarish jamiyat va davlatda hokimiyatni tashkil etish va amalga oshirishning eng muhim tamoyili hisoblanadi, bu tamoyil boshqa konstitutsiyaviy tamoyillar bilan birga mamlakatimizdagi demokratik boshqaruv tizimini belgilaydi. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risidagi Qonuni Konstitutsiya qoidalariga asoslanib, jamiyat va davlatni boshqarish tizimida o'zini o'zi boshqarish va uning organlarini tashkiliy jihatdan alohida o'rin olishini kafolatlaydi. Mazkur Qonunning 7-moddasida o'zini o'zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi, deb qayd etilgan. Shu sababli endi davlat organlari avvalgidek ularning faoliyatiga to'la-to'kis rahbarlik qiladigan, hisobotlar so'raydigan va ularning qarorlarini bekor qilish huquqiga ega bo'lgan yuqori tashkilot hisoblanmaydi. Davlat hokimiyati organlari o'zini o'zi boshqarish organlarining ishlariga aralashishlariga yo'l qo'ymaydi va faqat ularga zarur sharoit yaratib beradi, fuqarolarning o'z huquqlarini amalga oshirishda ko'maklashadi (6-modda). O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi, shuningdek shaharlarning mahallalaridagi aholini o'zini o'zi boshqarishning asosiy subyektlari deb tan oladi (105-modda), o'zini o'zi boshqarish huquqini fuqarolar bevosita xohish-iroda izhor etish shaklida ham, o'zini o'zi boshqarishning saylab qo'yiladigan va boshqa organlari orqali ham amalga oshiradilar, deb takidlaydi. Aholining o'zini o'zi boshqarish huquqi O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi va ijtimoiy holatidan qatiy nazar, bevosita yoki o'zining saylab qo'yilgan vakillari orqali amalga oshiriladi (3-modda). O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining o'zini o'zi boshqarish organlariga saylash va saylanish huquqi kafolatlanadi. Davlat aholining o'zini o'zi boshqarishni amalga oshirish huquqini tan olish bilan birga boshqa mulk shakllari bilan bir qatorda o'zini o'zi boshqarish ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.91 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.91 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: doc