O'zbekiston Respublikasi xavfsizligi va mudofaasini ta'minlashning konstitutsiyaviy asoslari Reja 1. Milliy xavfsizlikni ta'minlashning konstitutsiyaviy prinsiplari va normalari 2.Milliy xavfsizlikning subyekti, obyekti hamda uni ta'minlash sohasidagi davlat siyosati 3.O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi-Milliy xavfsizlik konsepsiyasining asosi sifatida 4.Mamlakat mudofaasini ta'minlashning konstitutsiyaviy huquqiy asoslari 1. Milliy xavfsizlikni ta'minlashning konstitutsiyaviy prinsiplari va normalari Milliy xavfsizlikni asosan davlat va jamiyat qurilishi sohasida ta'minlashning tayanch prinsiplari va normalarini, shuningdek, mafkuraviy qoidalarini belgilab beradigan konstitutsiyaviy huquq asoslari bu tizimda alohida o'rin tutadi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy normativ-huquqiy manba sifatida milliy xavfsizlikni ta'minlashning asosiy masalalari bo'yicha muqim milliy manfaatlar hamda ustuvor prinsiplar va normalarni, shuningdek, mafkuraviy qoidalarni belgilab beradi. Mohiyat e'tibori bilan, undagi ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu masalalariga doir har bir modda mazkur munosabatlarning asosiy subyekti - inson, jamiyat, davlat himoyasiga qaratilgandir. Jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida milliy xavfsizlikni muhofaza etishning tashkiliy-huquqiy tizimini shakllantiruvchi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar Konstitutsiya asosida ishlab chiqiladi. Avvalambor, Konstitutsiya mamlakatni demokratik yo'ldan rivojlantirishning asosiy va mustahkam negizi - xalq hokimiyati prinsipi va tizimini kafolatlaydi hamda himoya qiladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasida xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir, deyilgan va yana quyidagilar ta'kidlangan: Shuningdek, Konstitutsiyada mamlakat va fuqarolar xavfsizligini ta'minlashga da'vat etilgan organlar tizimi ham belgilab beriladi. Mamlakat va fuqarolar xavfsizligini u yoki bu jihatdan ta'minlashga da'vat etilgan organlar tizimini, xavfsizlik mezonlarini va boshqa masalalarni belgilar ekan, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi milliy xavfsizlik tushunchasini aniq belgilash uchun zarur bo'lgan asoslarni ham yaratadi. «O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko'zlab va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o'zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to'xtatib qo'yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo'ladi». Shunga mos tarzda jamiyatimizning siyosiy tizimi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari ham ushbu konstitutsiyaviy prinsipdan kelib chiqqan holda yaratiladi. Jamoat birlashmalariga O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tish tartib-tamoyilini majburiy qilib qo'yuvchi norma ham shundan kelib chiqadi. Davlat faoliyatida siyosiy fikrlar xilma-xilligini, demokratik huquqlar va erkinliklarni, inson va jamiyat manfaatlarini himoya qilishga, ijtimoiy adolat va qonuniylikni, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, millatlararo totuvlik va hoka'zolarni ta'minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy prinsiplar hamda normalarning barchasi siyosiy xavfsizlikni ta'minlash institutini tashkil etadi. Masalan, Asosiy Qonunning 12-moddasida siyosiy fikrlar xilma-xilligi kafolatlanadi va unda: «O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o'rnatilishi mumkin emas», deb ta'kidlangan. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni va siyosiy tizimning izchil rivojlanishini ta'minlash Konstitutsiyaning eng asosiy vazifalaridan biridir. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:08:24
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.46 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:08 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.46 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: doc