O'zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati fanining tushunchasi, predmeti va tizimi Reja: O'zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati fanining tushunchasi va predmeti. Fanning tizimi O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat ko'rish va bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy munosabatlar rivojlangani sari advokaturaning fuqarolik jamiyatining huquqni muhofaza qiluvchi tizimiga fuqarolarning huquq erkinligi va manfaatlarini himoya qilishga ko'maklashuvchi muhim institut sifatida ahamiyati tobora oshib bormoqda. Chunki advokaturaning ishtirokisiz fuqarolarning, tadbirkorlarning, barcha jismoniy va yuridik shaxslarning huquq, erkinlik hamda qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta'minlab bo'lmaydi. Yaqin - yaqinlargacha yuridik yo'nalishdagi o'quv yurtlarida va boshqa o'quv muassasalarida advokatura va uning faoliyati asoslarini o'rganishga yetarli darajada e'tibor berilmas edi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda faoliyat ko'rsatadigan mutaxassislarda himoya vazifasiga nisbatan to'g'ri munosabatda bo'lish madaniyatini shakllantirish maqsadida o'quv yurtlarida mustaqil O'zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati fani o'qitish joriy qilindi. O'zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati fani talabalarda himoya vazifalariga to'g'ri munosabatni tarbiyalash bilan birgalikda, ularda advokatura va advokatlik faoliyati to'g'risida tizimli bilimlarni shakllantirishga yo'naltirilgan. Mazkur darslikni tayyorlashda advokaturaning faoliyati nafaqat jinoyat ishlari bo'yicha himoyani amalga oshirishga, balki fuqarolar, tadbirkorlar va boshqa faoliyat bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslarga huquqning turli sohalarida yuridik yordam ko'rsatishga yo'naltirilganligi ham e'tiborga olindi. O'zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati fanining tushunchasi O'zbekistonda advokatura va advokatura faoliyati tushunchasini, advokatlarga qo'yiladigan talablarni, O'zbekistonda advokatura tarixi, advokatlik faoliyatining huquqiy, tashkiliy va etik asoslarini hamda boshqa bir qator masalalarini ochib berish bilan bog'liq. O'zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati fanining tushunchasi. Mazkur fan O'zbekistonda fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy qismi bo'lmish advokatura huquqiy institutining tashkil etilishi va faoliyati, advokatlik faoliyatining huquqiy asoslari va ushbu faoliyatning asosiy yo'nalishlari, advokatlik maqomini olish hamda advokatlik maqomini tugatish, advokatlik faoliyatining etik asoslari kabi masalalarini o'rganuvchi fandir. O'zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati fanining maqsadi. Mazkur fanni o'qitishdan maqsad talabalarda O'zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va xalqaro huquq normalari to'g'risida, advokatlik faoliyati tashkiliy huquqiy shakllari va prinsiplari, advokatlik maqomi, xorijiy mamlakatlarda advokatura to'g'risida bilimlarni shakllantirishdir. O'zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati fanining vazifalari. Mazkur fanining vazifasi talabalarni advokatura institutini tarixi bilan tanishtirish, ularga advokat maqomini olish tartibi, advokatlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beruvchi litsenziyani berish, uning amal qilishini to'xtatib turish yoki tugatish, advokatlik faoliyati kafolatlari, advokatning huquq va majburiyatlari va, shuningdek, advokatlik faoliyati bilan bog'liq boshqa qonun hujjatlari to'g'risida bilim berish hamda ularda advokatlik faoliyatninig ayrim yo'nalishlari bo'yicha amaliy ko'nikmalarini shakllantirishdir. Shunday qilib, O'zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati fanining predmeti advokatura va advokatlik faoliyati huquqiy, tashkiliy va etik asoslari, advokatlik faoliyati standartlari, advokatlik faoliyatida notiklik san'ati kabi masalalarni o'rganish, talabalarda advokatlik faoliyatining ayrim yo'nalishlari bo'yicha amaliy ko'nikmalarni shakllantirishdan iboratdir. Mazkur ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
99.1 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
99.1 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: docx