O'zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari Reja: O'zbekistonda advokatura institutining rivojlanish tarixi va advokatura to'g'risidagi qonunchilikning shakllanishi O'zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati to'g'risidagi qonunchilik Malaka komissiyalari va advokatlarning intizomiy javobgarligi Advokat maqomini olish, litsenziya berish, advokat maqomini to'xtatib turish, litsenziyani amal qilishini to'xtatib turish Advokatlik faoliyatining tashkiliy shakllari va advokatlarning kasbiy birlashmalari Advokatlik faoliyatining standartlari 1. O'zbekistonda advokatura institutining rivojlanish tarixi va advokatura to'g'risidagi qonunchilikning shakllanishi. O'zbekiston hududida yuridik yordam institutining paydo bo'lishi. O'zbekistonda eng qadimiy yuridik institutlardan biri - advokaturaning rivojlanishiga, boshqa davlatlarda bo'lgani singari, oila vakilligi jiddiy ta'sir ko'rsatgan. Oila boshlig'i uning har bir a'zosi manfaatlarini, shuningdek, oila boshlig'iga himoya qilishni so'rab murojaat etgan boshqa shaxslarning manfaatlarini himoya qilgan. Har bir odamni nohaqlikdan himoya qilish va haqiqat uchun kurash hamma asrlarda hayot faoliyatining negizini tashkil etgan. Haqiqatga va huquqiy ma'rifatga qiziqishning kuchliligi shu bilan izohlanadi. Bu masala tarixi O'zbekistonga ham xosdir. O'rta Osiyolik ulug' allomalarning barchasi - Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Mansur al-Moturidiy, Imom al-Buxoriy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug'bek va boshqalar islom huquqshunosligi - fiqhni o'rganganlar, shariat qoidalariga asoslangan qonunga rioya qilganlar, qonunga hurmatsizlikning zararini ommaga tushuntirganlar. Shu bilan birga Turkiston o'lkasida, shuningdek, Buxoro amirligida, Xorazm xonligida shariat (musulmon huquqi) va odat (odat huquqi) asoslarida faoliyat ko'rsatgan qozilar va biy feodal sudlari jinoyat va fuqarolik ishlarini advokatlarning ishtirokisiz ko'rganlar. Shunga qaramasdan, o'rta asrlardayoq Sharqda qozilar huzurida islom huquqi - shariat bilimdoni bo'lgan maxsus xizmatchilar - muftiylar va a'lamlar xizmat qilgan. Ular qozi topshirig'iga yoki da'vogarlar, jabrlanuvchilar, ayblovchilar, javobgarlar (sudlanuvchilar) iltimosiga ko'ra, arznomalar, shikoyatlar, ish hujjatlarini tuzganlar. Masalan, Buxoro amirligining qozikaloni huzurida o'n ikki muftiy xizmat qilgan. Keyinchalik, revolyutsiyagacha bo'lgan Turkistonda butun Rossiyada bo'lgani singari podshoh sudlarida jinoyat va fuqarolik ishlarini ko'rishda advokatlar - qasamyod qildirilgan vakillar (vakolat berilgan prisyajniylar) va ularning yordamchilari ishtirok etganlar. O'zbekiston hududida o'zi o'zini boshqaruvchi tashkilot sifatidagi birinchi advokatura - «Himoyachilar sho'basi» Sankt-Peterburgda yuridik ma'lumot olgan Abdunabi Qurolboy tashabbusi bilan 1879 yilda Qo'qon shahrida tashkil etildi. Abdunabi Qurolboy birinchi o'zbek advokati hisoblanadi. Qo'qon advokatlar sho'basi xalq orasida «zakonchi» deb nom olgan o'ndan ortiq huquq himoyachilarini birlashtirdi. 1899 yilda Toshkent sud palatasi huzurida hamda okrug sudlari qoshida Rossiya qonunlariga muvofiq ish olib boruvchi himoyachilarning hay'atlari tashkil etildi. Rossiya va Turkiyada advokatlik amaliyotini o'rganib qaytgan Valixonxo'ja tomonidan 1915 yilda Buxoroda tashkil qilingan «Ko'ngilli advokatlar sho'basi» ish boshladi. Advokatlar sho'basi a'zolari Buxoro amirligi qozikaloni Sharifxon Sadri Ziyoga bir necha marta murojaat etib, aksariyat hollarda yo'qsillarning mulk, yer va mehnat huquqlariga doir ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
196.67 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
196.67 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: docx