O'zbekiston Respublikasida advokatura va inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar

O'zbekiston Respublikasida advokatura va inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasida advokatura va inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasida advokatura va inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar Reja: 1. Advokatura va inson huquqlari: xalqaro-huquqiy jihatlar 2. Inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar tushunchasi va tizimi .3. Advokatura 4. Advokatura va Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi 1. Advokatura va inson huquqlari: xalqaro-huquqiy jihatlar Hozirgi zamon xalqaro huquqida inson huquq va erkinliklari hamda ularni himoya qilish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Bu masalalarni hal etishda advokaturaning muhim o'rin tutishi inson huquqlari bilan bog'liq xalqaro-huquqiy hujjatlarda tobora aniq aks etmokda. Jahon hamjamiyati inson huquq va erkinliklarining muhim kafolatlaridan biri erkin va mustaqil advokatlik faoliyati ekanligini anglab yetib, advokatlik faoliyatining xalqaro-huquqiy standartlarini barcha davlatlarda joriy qilishiga urinmoqda. Advokatura demokratik huquqiy davlat huquqiy tizimining tarkibiy qismi bo'lib, u nafaqat xususiy balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan vazifalarni bajaradi. Advokatura o'z tabiatiga ko'ra fuqarolik jamiyatining muhim huquqiy instituti bo'lib, mamlakatda qonun ustuvorligini ta'minlash, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga salmoqli hissa qo'shadi. Hozirgi zamon xalqaro huquqida jismoniy va yuridik shaxslarga zarur malakali yuridik yordam ko'rsatilishini ta'minlash maqsadida advokatlik faoliyatining tashkiliy va yuridik asoslari ishlab chiqilgan. Bu asoslar insonning fundamental huquqlarini, shu jumladan himoyaga bo'lgan huquqini ta'minlashga yo'naltirilgan turli xalqaro-huquqiy hujjatlarida o'z aksini topgan. Biz kuyida advokatura faoliyatining xalqaro-huquqiy asoslarini tashkil etuvchi ayrim xalqaro hujjatlarni ko'rib chiqamiz. Birlashgan millatlar tashkilotining (BMT) 1945 yil 26 iyunda qabul qilingan ustavida bu tashkilotning asosiy maqsadlari qatorida inson huquqlariga va barchaning irqi, jinsi, tili va dinidan qat'i nazar asosiy erkinliklariga hurmatni rag'batlantirish va rivojlantirishda xalqaro hamqorlikni amalga oshirish maqsadlariga erishishda millatlar harakatlarini muvofiqlashtirish markazi bo'lishi e'lon qilingan. BMT Ustavining 55-moddasiga ko'ra tashkilot xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik sohasidagi faoliyatida inson huquqlari va asosiy erkinliklariga yalpi hurmat bilan qarash va ularga rioya qilishga ko'maklashadi. BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi inson huquqlariga va hammaning asosiy erkinliklariga ehtirom va rioya qilishni rag'batlantirish maqsadida tavsiyalar beradi hamda inson huquqlarini rag'batlantirish bo'yicha komissiyalar tuzadi (Ustavning 62, 68-moddalari). BMTning ustavi inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi xalqaro-huquq rivojlanishining asosini tashkil etadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi BMT tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan bo'lib, unda insonning eng asosiy huquq va erkinliklarini ta'minlash barcha davlatlar bajarishga intilishi lozim bo'lgan vazifa sifatida e'lon qilindi. Deklaratsiya barchaning qonun bilan teng himoya qilinish huquqi, aybsizlik prezumpsiyasi, buzilgan huquqlarini sud tomonidan samarali tiklanishi va boshqa shu kabi prinsiplarni e'lon qilish bilan birga, himoyaga bo'lgan kafolatlarni ham nazarda tutadi. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt BMT Bosh assambleyasi tomonidan 1966 yil 16 dekabrda qabul qilingan. Mazkur Pakt BMT va Inson ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 92.86 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 92.86 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga