O'zbekiston Respublikasida Davlat hokimiyati vakillik organlarining deputatlari va senat a'zolarining huquqiy holati

O'zbekiston Respublikasida Davlat hokimiyati vakillik organlarining deputatlari va senat a'zolarining huquqiy holati

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasida Davlat hokimiyati vakillik organlarining deputatlari va senat a'zolarining huquqiy holati - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasida Davlat hokimiyati vakillik organlarining deputatlari va senat a'zolarining huquqiy holati Reja: 1. O'zbekiston Resupblikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va Senat a'zosining huquqiy maqomi 2. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashri deputatlarining huquqiy holati 3. Qonunchilik palatasi deputati va senator faoliyatining asosiy kafolatlari 4. Deputat va senatorni chaqirib olish asoslari va tartibi 1. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik deputati va Senat a'zosining huquqiy maqomi Mustaqillikka erishilgandan keyin qisqa davr ichida O'zbekistonda parlament vakolatlarini takomillashtirishga qaratilgan, deputatlar huquqlari, majburiyatlar hamda vakolatlarini to'ldiradigan qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, bu islohotlar: birinchidan, qonunchilik faoliyatini samaradorligini oshirish; ikkinchidan, parlament nazorati vazifalarini kengaytirish va kuchaytirish; uchinchidan, parlament faoliyatida regionlar rolini kuchaytirish; to'rtinchidan, parlamentni barqaror ishlashi uchun kafolatlar tizimini yaratish; beshinchidan, deputatlarning professional sifatlarini va umuman, parlamentarizm madaniyatini rivojlantirishga qaratilgandir. Parlament tashkiliy jihatdan keng tarmoqli bo'lganligi sababli ham davlat hokimiyati tizimida, umuman davlatchilikda alohida o'rin tutadi. Parlament palatalarini shakllantirish usuli parlament a'zosining nomlanishida ham ma'lum darajada aks etadi: odatda, quyi palatalarning a'zolarigina deputat deb, aksariyat mamlakatlarda yuqori palatalarning a'zolari esa - senatorlar deb ataladi (ular o'z mandatlarini nafaqat saylash, balki tayinlash orqali va boshqa usullarda ham oladilar). Qonunchilik palatasi deputatlari xalqning hokimiyat vakillik organlarida faoliyat ko'rsatuvchi to'laqonli vakilidir. Respublikamizning mustaqilligini mustahkamlashda, huquqiy davlat qurishda, chin ma'nodagi demokratiyaga erishishda deputatlarning faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi Huquqshunos olim R.Qayumov deputatning huquqiy maqomi-bu deputatlarning huquqiy normalarda belgilangan huquqlari, majburiyatlari va burchlari, ular faoliyatining shakllari va vakolatlarini yig'indisi demakdir deb ta'kidlagan. Shunday qilib, deputatning huquqiy maqomi ko'p hollarda unga yuklangan vazifalarni sifatli va belgilangan tartibda amalga oshirishi uning huquqiy kafolatini qay darajada belgilab berilganligi bilan chambarchas bog'liqdir. Deputatlik maqomi bilan bog'liq masalalar tegishli tartibda huquqiy tartibga solinishi deputatlik faoliyatini to'siqlarsiz va samarali amalga oshirilishini ta'minlaydi, uning ijtimoiy-huquqiy himoyasini ta'minlash bilan bir qatorda deputatning xalq va jamiyat oldidagi majburiyatini kuchaytiradi. Qonunchilik palatasi deputati va senator faoliyatining huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va qator qonun normalarida: Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy prinsiplari to'g'risidagi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a'zosining maqomi to'g'risidagi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risidagi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to'g'risidagi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to'g'risidagi , O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti to'g'risidagi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti to'g'risidagi qonunlarida va boshqa qonun hujjatlarida aniq belgilab berilgan. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati senator faoliyatining huquqiy asoslarini ifodalovchi huquqiy normalar ichida konstitutsiyaviy normalar alohida ahamiyatga ega. Konstitutsiyaning 87-88-moddalarida deputat va senatorlarning huquqiy maqomining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 77.44 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 77.44 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga