O'zbekiston Respublikasida davlat shaklining o'ziga xos xususiyatlari Reja: O'zbekiston tuzilish shaklining o'ziga xos xususiyatlari. O'zbekistonda boshqaruv shakli. O'zbekiston Respublikasi siyosiy rejimi demokratik siyosiy rejim sifatida. O'zbekiston tuzilish shaklining o'ziga xos xususiyatlari. Har bir davlat o'zining muayyan ma'muriy-hududiy tuzilishiga ega bo'ladi. Chunki davlat hududining ma'lum ma'muriy-hududiy bo'laklarga bo'linishi davlatning asosiy vazifa va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur tadbir hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining davlat tuzilishi jamiyatimizning siyosiy tashkillashtirilishida muhim o'rin tutadi. Bu davlatning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati bilan belgilangan hududiy tashkillashtirilishidir. Ushbu masala davlatning tarkibiy qismlarga bo'linishi, bir butun davlat bilan uning tarkibiy qismlari o'rtasidagi munosabatini, bu qismlar har birining huquqiy holatini qamrab oladi. Unitar (yagona) davlatga tarkibida ma'muriy-hududiy birliklar, shuningdek, suveren davlat huquqiga ega bo'lgan milliy-hududiy tuzilmasi bilgan O'zbekiston Respublikasi kiradi. Ma'muriy-hududiy bo'linma - ma'muriy-hududiy tuzilish tizimining mustaqil tarkibiy qismi bo'lib, bunda davlatning vazifalari va asosiy funksiyalariga muvofiq tarzda davlat apparati mahalliy organlarining strukturasi tuziladi va faoliyati amalga oshiriladi. O'zbekiston ma'muriy-hududiy tuzilishi ham barcha organlari, institutlari singari o'zining konstitutsiyaviy kafolatlariga egadir. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 16 bobi O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishiga bag'ishlangan. Mazkur bobning 68-moddasi «O'zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasidan iboratdir» - degan konstitutsiyaviy normani mustashkamlab qo'ygan. O'zbekiston Respublikasining hozirgi ma'muriy-hududiy bo'linishi mamlakatning ishlab chiqarish kuchlari ahvolini, ularning joylashish xususiyatini, transport va aloqa vositalarining rivojlanishini, joylardagi boshqaruvning tashkiliy tuzilishini aks ettiradi. Viloyat O'zbekiston Respublikasi ma'muriy-hududiy tizimidagi yuqori bo'g'indir va eng yirik bo'linma sifatida alohida o'rin tutadi. Hududiy tizimining qolgan bo'g'inlari - tuman, shashar, shasharcha, qishloq, ovul, viloyatning tarkibiy qismilari, ichki bo'g'inlari bo'lib, shu tariqa u muhim tashkiliy funksiyani bajaradi. Chunki u orqali O'zbekiston Respublikasi davlat vakillik hokimiyat organi va boshqaruv idoralari bilan aloqa bog'lashning butun tizimi amalga oshadi. Bunday holat viloyat quyi hokimiyat vakillik va ijroiya organlari faoliyatiga nafaqat rashbarlik qilishni, balki ularni umumdavlat va mahalliy manfaatlaridan kelib chiqib birlashtirilishini anglatadi. Viloyat yirik ma'muriy-hududiy bo'linma sifatida barqaror bo'lmog'i lozim. Uning tuzilishi, mustashkamlanishi, yiriklashuvi yoki bo'linishi iqtisodiy jihatdan asoslantirilishi lozim, bu mazkur ma'muriy-hududiy birlikda xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarining kompleks rivojlanishiga olib kelmog'i lozim va bu viloyat barcha tarkibiy bo'g'inlarining mavjud iqtisodiy va madaniy aloqalariga tayanmog'i shart. Mavjud viloyatlarga bo'linish, umuman olganda so'nggi yillarda barqaror saqlanib qolmoqda. Ular hozir O'zbekiston Respublikasi tarkibida 12 ta. Tuman - qishloq joylardagi iqtisodiy, xo'jalik va ijtimoiy-madaniy hayotga bevosita rahbarlik qilishning muhim bo'g'ini. O'zbekistonda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan, yangi tabiiy resurslarni o'zlashtirish hamda aholi sonining o'sishi bilan ma'muriy-hududiy bo'linmalarning chegarasi, o'zgarishlar, avvalo, qishloqdagi tuman bo'g'inlari hisobiga ro'y beradi. O'zbekiston Respublikasidagi shaharlar Respublika itoatidagi (Toshkent ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
79.69 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
79.69 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: docx