O'zbekiston Respublikasida Fuqarolarning erkinliklari va burchlari

O'zbekiston Respublikasida Fuqarolarning erkinliklari va burchlari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasida Fuqarolarning erkinliklari va burchlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasida Fuqarolarning erkinliklari va burchlari Rejalar: 1.Huquq va erkinliklar afolatlari tizimi 2. Inson huquq va erkinliklarini ta'minlashda milliy huquq tizimining o'rni 3.Huquq va erkinliklarining davlat tomonidan kafolatlanishi . Huquq va erkinliklarni ta'minlash masalasi jamiyatni rivojlantirishdagi ustuvor vazifa deb qaralishi,inson huquqlari va erkinliklarini so'zda yoki qog'ozda emas ' amaliy hayotda joriy qilish haqidagi Prezidentimiz fikrlari huquq va erkinliklarni ta'minlash muhim masala ekanligini ko'rsatadi. O'zbekiston Respubliksining Konstitutsiyasi inson huquqlarini xalqaro normaga mos ravishda belgilar ekan ,uni kafolatlashga alohida e'tibor bergan va uni doim takomillashtirib bormoqda. Masalan,35-moddaga arizalar , takliflar va shikoyarlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlard ko'rib chiqilishi shart,-deb belgilangan. Inson huquq va erkinliklari kafolatlari quyidagilardan iborat: Huquq va erkinliklarning kafolati-huquq va erkinliklarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlanishi hamda ularni ta'minlashga,amalga oshirishga qaratilgan boshqa huquqiy hujjatlarning mavjudligi hisoblanadi. Huquq va erkinliklarning siyosiy kafolati-huquq va erkinliklarning davlat tomonidan kafolatlanishi.Huquq va erkinliklarni ta'minlashga qaratilgan tegishli maxsus vakolatli davlat tuzilmalarining tuzilishi va faoliyat ko'rsatishi. Huquq va erkinliklarning iqtisodiy kafolati-huquq va erkinliklarni iqtisodiy tomondan kafolatlash,ularning amalga oshishi uchun zarur moddiy va ma'naviy manbalarni vujudga keltirish. Agar davlatda yetarli iqtisodiy, moddiy, moliyaviy, manbalar , imkoniyatlar bo'lmasa ,huquqlarni amalga oshirish uchun sharoit bo'lmaydi. Davlat qanchalik iqtisodiy tomondan kuchli bo'lsa , huquq va erkinlardan foydalanish imkoniyati ham shuncha kuchayib boradi. Bilim olish , ta'minot olish , tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarining kengayishi davlatning iqtisodiyotiga bevosita bog'liqdir. Bulardan tashqari huquq va erkinliklarning kafolatlanishida jamoatchilik nazorati ham alohida o'rin tutib , bunda nodavlat tashkilotlar ham ishtirok etadi. Demak, huqu va erkinliklarning kafolati deganda ,ularni ta'minlash ,amalga oshishi uchun yetarli asoslar va zarur mexanizm mavjudligi tushuniladi. Huquq va erkinliklarning kafolatlari tizimi huquqiy, siyosiy asoslardan va ularni amalga oshishini ta'minlashdan iborat. Inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashda milliy huquq tizimining o'rni: Inson huquqlari masalasi davlatning faqat ichki masalasi bo'lmasdan, xalqaro ahamiyatga egadir. Inson huquqlarini ta'minlashda xalqaro tashklotlar, ular tomonidan qabul qilingan hujjatlar alohida rol o'ynaydi. Lekin ,har bir shaxs , inson asosan biror -bir mamalakat hududida yashaydiva ko'pincha biror mamalakatning fuqarosi hisoblanadi. Davlat buning uchun,eng avvalo, insonlarning huquqini ta'minlovchi huquq tizimini yaratadi. Ya'ni insonning huquqlarini ta'minlovchi huquq tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda inson huquqlarini ta'minlovchi milliy huquq tizimida O'zbekiston Konstitutsiyasi alohida o'rin tutadi. Konstitutsiyada inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari mustahkamlanadi va ularni ta'minlash yo'llari belgilanadi. Konstitutsiya faqat inson uchun eng zarur hayotiy huquq va erkinliklarni mustahkamlab qo'yadi. Konstitutsiyamiz ishlab chiqilayotgan vaqtda inson huquqlari bo'yicha xalqaro ahamiyatga ega eng asosiy hujjatlar:Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi'', Iqtisodiy , ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risida gi xalqaro ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 68.86 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:45 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 68.86 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga