O'zbekiston Respublikasida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanishi

O'zbekiston Respublikasida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanishi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanishi Reja: Huquqiy davlat nazariyasining tarixiy manbalari «Huquqiy davlat» tushunchasi va mohiyati Huquqiy davlat nazariyasining tarixiy manbalari Kishilik jamiyati turmushida siyosiy, davlat-huquqiy munosabatlar paydo bo'lgan qadim davrlardan boshlab adolatli davlat tuzumi, qat'iy tartibot, qonunlarga muvofiq yashash haqidagi o'y-fikrlar, qarashlar va g'oyalar ham shakllangan. O'nlab asrlar o'tdi, turli ijtimoiy-siyosiy tuzumlar zohir bo'ldi, insonlarning necha-necha avlodlari tarix sahnasiga kelib ketdi. Har bir avlod o'zidan avval o'tgan avlod yaratgan ijtimoiy fikr, g'oya va ta'limotlarni o'ziga singdirib, ularni shaxsiy tajribasi bilan boyitib, keyingi avlodlarga meros etib qoldirdi. Ana shunday uzoq tarixiy davr mobaynida shakllanib sayqal topgan o'lmas g'oyalardan biri huquqiy davlat nazariyasidir. Shak-shubhasiz, huquqiy davlat to'g'risidagi ta'limotni insoniyatning ijtimoiy-siyosiy, falsafiy fikr xazinasi durdonalari qatoriga kiritish lozim. Binobarin, tarixiy tajriba ham, hozirgi zamon ilg'or taraqqiy etgan davlatlarining voqeligi ham bu nazariyaning hayotiyligini va ijtimoiy qadr-qimmatga ega ekanligini tasdiqlamoqda. Navqiron mustaqil Respublikamizda demokratik huquqiy davlatchilikni barpo etish vazifasi va uning nazariy dasturini ishlab chiqib hayotga joriy etish zaruriyati ijtimoiy fan va amaliyot oldiga qator mas'uliyatli vazifalarni qo'ydi. Bu masala xususida turli tasavvurga ega bo'lish uchun huquqiy davlat haqidagi ta'limotning tarixini chuqur tahlil etish, uning ma'nosini, asosiy prinsiplari va o'zga xususiyatlarini, ijtimoiy-siyosiy hokimiyatni tashkil etish va faoliyatiga xos shakl hamda usullarni bilish lozim. Muhimi, bizning huquqiy davlatchilikka qarab harakatlanish yo'limizning mantig'i, mazmuni va istiqbollarini oydinlashtirib olishdir. Huquqiy davlat - muayyan nazariy ta'limot va tegishli amaliyot sifatida uzoq va ibratli tarixga ega. «Huquqiy davlat» iborasi ilk bor XIX asrning birinchi choragida nemis huquqiy adabiyotida o'z ifodasini topdi va mustahkamlandi (masalan, K.T. Velker, Rudolf fon Mol va boshqalarning asarlarida). Ingliz adabiyotida bu ibora ishlatilmaydi, ma'lum ma'noda shu iboraga ekvivalent hisoblangan «huquq hukmronligi» (rule of law) iborasi qo'llaniladi. Biroq huquqiy davlatchilik g'oyasini, ma'nosi va tushunchasini ifodalovchi nazariy falsafiy konsepsiyalar ancha qadim zamonlardanoq shakllana boshlagan. Ilg'or burjua siyosiy va huquqiy fikri maydonga kelayotgan chog'da yangi falsafiy dunyoqarash antifeodal, dunyoviy, antiteologik va antiklerikal qarashlarga qarshi, feodal istibdodi va qonunsizlikka, absolutizm va mustabid rejimlarga qarshi huquqiy davlat haqida g'oyalar jadal targ'ib qilina boshlandi. Bunda insonparvarlik, barcha kishilarning erkinligi va tengligi, inson huquqlarining ajralmasligi, ijtimoiy-siyosiy hokimiyatni uzurpatsiya qilinishiga qarshi hokimiyatlar taqsimlanishi, konstitutsionalizm va boshqa prinsiplar ilgari surildi. Ilg'or mutafakkirlar G. Grotsiy, B. Spinoza, D. Lokk, SH.L. Monteskye, T. Jefferson va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy davlatchilik g'oyasi va konsepsiyalari o'zining yangiligi bilan har qancha ta'riflanmasin, ular baribir o'tmish tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, falsafiy va huquqiy ta'limotlarga va amaliy tajribaga, sinalgan umuminsoniy qadriyatlar va gumanistik an'analarga tayangandir. Huquqiy davlatchilik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.23 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.23 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga