O'zbekiston Respublikasida huquqning asosiy manbalari

O'zbekiston Respublikasida huquqning asosiy manbalari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasida huquqning asosiy manbalari - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy fanlar fakulteti Yurisprudensiya yo'nalishi 1-kurs talabasi davlat va huquq nazariyasi fanidan mustaqil ishi. gt O'zbekiston Respublikasida huquqning asosiy manbalari Reja: 1 Huquq manbalari tushunchasi 2 Huquqiy odat 3 Huquqiy presedent 4 Normativ-huquqiy hujjat huquqning manbasi Huquq manbasi va huquq shakli kategoriyalarining yuridik tabiatini tushunishda avvalo manba shakl so'zlarining lug'aviy ma'nosiga e'tibor qaratish zarur.Jumladan manba (arabcha boshlanish,ibtido)ko'chma ma'noda esa biror narsa ish-harakatning yuzaga kelishi faoliyat uchun asos-omil bo'lgan narsa sabab degan ma'nolarni bildiradi. Shakl esa (arabcha-ko'rinish,rasm)biror-bir narsa yoki predmetning tashqi ko'rinishi mazmunining ifodalanishi kabi ma'nolarni anglatadi. Huquqning manbasi deganda 3 xil manoda huquqni ifoda etish shakli tushuniladi Moddiy manoda -bu jamiyatdagi mulkchilik shakllari moddiy shart-sharoitlar jamiyat a'zolarining qiziqishlari va manfaati Mafkuraviy manoda-bu turli huquqiy mafkura va ta'limotlar huquqiy ong Maxsus yuridik manoda-bu huquqning shakllari Huquqiy odat-uzoq davr mobaynida amalda bo'lish natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan yurish-turish qoidasidir.Huquqiy odat boshqa ijtimoiy normalardan o'zining davlat tomonidan tasdiqlangani,bajarilishining majburiyligi va davlatning majburlov kuchi bilan ta'minlanishiga qarab ajralib turadi. Huquqiy odat O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 6-moddasi ISH MUOMALASI odatlari.Mahalliy odat va an'analar Tadbirkorlik faoliyatining biron bir sohasida vujudga kelgan va keng qo'llaniladigan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan xulq atvor qoidasi biron bir hujjatda yozilgani yoki yozilmaganidan qat'i nazar ish muomalasi odati deb hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 8-moddasi Oilaviy munosabatlarda mahalliy urf-odat va an'alalarning qo'llanilishi bilan bog'liq qoidalar o'z ifodasini topgan. Mamlakatimizda ham huquqiy odat muayyan darajada huquq manbasi sifatida e'tirof etilgan.Xususan milliy qadriyatlarimiz rasmiy ravishda bayram sifatida etirof etilib mehnat qonunchiligida dam olish kunlari sifatida rasmiy belgilab qo'yilgan 3 Huquqiy pretsedent (lot. praecedens avvalgisi, oldingisi)-sud yoki ma'muriy organning yozma yoki og'zaki qarori bo'lib bu qaror kelgusida barcha shunga o'xshash ishlarni ko'rib chiqish va hal qilish uchun asos bo'ladigan namuna normadir. Huquqiy pretsedentning sud va ma'muriy pretsedent shakllari mavjud.Huquqiy pretsedentning sud pretsedenti shakli AQSH,Avstraliya,Buyuk Biritaniya Kanada va Yangi Zenlandiya kabi umumiy huquq amalda bo'lgan davlatlarda huquqning manbasi sifatida keng qo'llaniladi. Pretsedent avval sodir bo'lgan vaziyat yana yuzaga kelganda qanday yo'l tutish lozimligini anglatadi va o'ziga xos namuna sifatida qabul qilinishi tushuniladi. Sud pretsedenti - bu muayyan ish bo'yicha sudning shunday qaroriki u boshqa sudyalarga kelgusida shunga o'xshash ishlarni xal qilishda qanday qaror qabul qilish lozimligini ko'rsatadi. Sud pretsedentlarining ikki turi mavjud: deklarativ va ijodiy.Deklarativlar allaqachon mavjud huquq normalarini takrorlaydi yoki ularga izoh beradi.Ijodiy-qonunchilikdagi kamchiliklarni to'ldirish va shu tariqa yangi norma yaratish.Har holda sudning qarori yoki hukmi quyi sudlar va qoida tariqasida bir xil darajadagi sudlar uchun majburiy bo'ladi.Bunday holda sud ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 231.59 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:45 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 231.59 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga