O'zbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentni shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari Reja: O'zbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentni shakllantirish Konstitutsiyaviy Qonunni jamiyat va davlat qurilishiga joriy etish O'zbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentni shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir, deya mustahkamlab qo'yilgan. SHuningdek, Konstitutsiyaning 9-moddasida davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi strategik maqsadlar va unga doir har qanday o'zgartishlar xalq irodasi asosida amalga oshirishi quyidagicha belgilangan: «Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo'yiladi. Referendum o'tkazish tartibi qonun bilan belgilangan» SHu nuqtai nazardan, Oliy Majlis ikki palatali parlamentni shakllantirish va Respublika Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddatini o'zgartirish maqsadlaridan kelib chiqib, xalq irodasini bu masalalarga bo'lgan munosabatini aniqlash, islohotlarni xalq irodasi asosida amalga oshirish tamoyillariga amal qilib 2002 yilning 27 yanvarida umumxalq referendumini o'tkazishga qaror qildi. Ma'lumki, rivojlangan mamlakatlarda referendumlar o'tkazish xalqning siyosiy va ma'naviy ehtiyojini qondirishning demokratik vositasi sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda odat tusiga kirgan. Masalan, SHveytsariyada yiliga 3-4 martadan ham referendumlar o'tkazilib turilganligini ana shunday izohlash mumkin. Referendumning muhim ahamiyati shundaki, xalq ovoz berganligi tufayli ham, referendumda masalalarning taqdiri uzil-kesil, qat'iy hal qilinadi, xalq irodasi bilan qabul qilingan qaror majburiy tus oladi hamda qo'shimcha tasdiqlashga muhtoj bo'lmaydi. Referendumlar yo'li bilan qarorlar qabul qilish, boshqaruvni xalqqa yaqinlashtiradi, bunda siyosiy jarayonlar ochiq va oshkora tabiat kasb etadi. Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasida fuqarolarni davlat ishlarini boshqarishidagi asosiy vositalar hisoblangan saylovlar va referendumlarda keng ishtirok etishi ham huquqiy jihatlardan mustahkamlandi. Unda referendum maqomi va fuqarolarni referendumda ishtirok etishi demokratik qadriyatlar talablari asosida ta'riflandi: O'zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o'zini o'zi boshqarish, referendumlar o'tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo'li bilan amalga oshiriladi. Mazkur masala bo'yicha 2002 yilning 27 yanvarida o'tkazilgan Referendumning natijalari xalq xohish irodasini aniq va ravshan ko'rsatdi. Siz kelgusi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz? degan byulletendagi birinchi savolga ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning 11344242 nafari yoki 93.85 % yoqlab, 768828 nafari yoki 6,35 % qarshi ovoz berdi. Mamlakatda ikki palatali parlament shakllantirishda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning VII sessiyasining ahamiyati katta bo'ldi. Sessiyada mamlakatda jamiyat va davlat qurilishining muhim huquqiy asoslari yanada takomillashtirildi. SHuningdek, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat uchun xos bo'lgan siyosiy va huquqiy munosabatlarning istiqbollari belgilandi. Referendum jarayoni va uning natijalari jahon hamjamiyati oldida O'zbekiston jamiyatini demokratik qadriyatlar asosida rivojlanayotganligini yana bir karra isbotlab berdi. Prezident Islom Karimovning Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida referendum natijalaridan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.4 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.4 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: docx