O'zbekiston Respublikasida ma'muriy huquq 10-sinf Davlat va huquq asoslari fani 9-mavzu Ma'muriy huquq - davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan jamoatchilik munosabatlarini tartibga soladigan huquq tarmog'i. Avvalambor bu ijroiya hukumati tomonidan davlatning xo'jalik, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma'muriy-siyosiy jarayonlarini boshqarish bo'yicha funksiya va vazifalarini bajarishda kundalik amaliy faoliyat jarayonida vujudga keladigan boshqaruv munosabatlaridir. Ma'muriy huquq quyidagi munosabatlarni tartibga soladi: - tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga bo'ysunadigan davlat organlari (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, qo'mitalar, hokimliklar); - bir-biriga bo'ysunmaydigan davlat idoralari (ikki vazirlik, ikki hokimlik); - davlat idora organlari va ularga bo'ysunadigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o'rtasidagi munosabatlar; - davlat idora organlari va birlashmalari o'rtasidagi munosabatlar; - davlat idora organlari va fuqarolar o'rtasidagi munosabatlar. Ma'muriy huquq - huquq tizimining mustaqil tarmog'I sifatida davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig'indisidan iborat. Ma'muriy huquq me'yorlari juda rang-barang. Ularga turmushdagi xatti-harakat, tabiatni muhofaza qilish, suvdan foydalanish me'yorlari, yong'indan saqlash qoidalari, transportdagi xavfsizlik me'yorlari va boshqa ko'p narsalar kiradi. Ma'muriy huquq manbalari sirasiga: O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; -mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari kiradi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarining yo'riqnomalari, nizomlari; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari; Konstitutsiyaviy qonunlar; 1. 2. 3. 4. 5. Ma'muriy huquq subyektlari Ma'muriy huquq ijtimoiy sohaning turli sohalarini tartibga soladigan davlat hukumat organlarining faoliyati bilan chambarchas bog'liq. Jamiyatning hayoti boshqaruvga muhtoj, chunki sanoat ham, qishloq xo'jaligi ham, madaniyat va ma'rifat ham o'z-o'zidan rivojlanmaydi. Prezident, davlat boshqaruvi organlarining xizmatchilari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari va xizmatchilari, 16 yoshga to'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet elliklar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, jamoat birlashmalari ma'muriy huquq subyektlari hisoblanadi. Davlat hokimiyatining oliy idorasi - Oliy Majlis qanday qonunlar qabul qilmasin (harbiy majburiyat, ta'lim tizimini isloh qilish, qo'shma korxonalar, ijara yoki onalik va bolalikni muhofaza qilish va hokazo), ularning har biri ro'yobga chiqarilishi kerak. Davlat boshqaruvining markaziy idoralariga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo'mitalari kiradi. Mahalliy hokimiyat idoralariga hokim boshchiligidagi hokimliklar kiradi, ular viloyat, shahar yoki tumanda ijroiya va farmoyish chiqarish hokimiyati bo'lib, kundalik tezkor ishlarni bajaradi. Ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoat tashkilotlari ham ishtirok etadi. Mahalliy muammolarni hal etishda o'zini o'zi boshqaruvchi mahalliy idoralar, masalan, fuqarolar yig'inlari va oqsoqollar, kasaba uyushmasi qo'mitalari va hoka'zolar katta ahamiyatga ega. Savol va topshiriqlar: 1. Ma'muriy huquqning asosiy vazifasini ayting. 2. Ma'muriy huquq subyektlarini sanab bering. 3. Ma'muriy huquq jamiyat munosabatlarini tartibga solishda qaysi tamoyillarga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.28 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.28 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: pptx