O'zbekiston Respublikasida moliyaviy xo'jalik nazorati va taftish o'tkazishning tashkil qilinishi Korxonalarda sodir bo'lgan xo'jalik operatsiyalarini, moddiy javobgar shaxslardagi moddiy qiymatliklarni, shuningdek boshqa shaxslar va tashkilotlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni hisobga olish va nazorat qilishni ta'minlash uchun buxgalteriya hujjatlaridan foydalaniladi. Buxgalteriya hisobini yuritishda hujjatlar juda muhim ahamiyatga egadir. Chunki har bir sodir bo'lgan xo'jalik operatsiyasi hujjatlashtirilganligi natijasidagina uning to'xtovsiz hisobga olinishi ta'minlanadi va ishonchnomaga ega bo'linadi. Shu bilan birga buxgalteriya hisobining schyotlarida, registrlarda va hisobot ish qog'oz (blank)larida aks ettirilgan hamma yozuvlar tegishli boshlang'ich hujjatlar bilan asoslangan bo'lishi zarur. Shunng uchun ham hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi usulining muhim jihatlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Ko'pchilik iqtisodiy adabiyotlarda hujjat bilan hujjatlash-tirish o'rtasida ma'lum aniq chegara berilmagan. Buxgalteriya hiso-bida hujjat deb huquqiy asosga ega bo'lgan ma'lum rekvizitli ish qog'oziga aytiladi. Buxgalteriya hisobida hujjatlashtirish deb esa xo'jalik operatsiyalarini hujjat yordamida rasmiylashtirish usuliga aytiladi. Buxgalteriya hisobida hamma xo'jalik operatsiyalarini hujjat-lashtirish joriy buxgalteriya hisobi ma'lumotlari va buxgalteriya hisoboti ko'rsatkichlariga isbotlovchi kuch beradi, shuning uchun ham ayrim xollardagi xo'jalik tortishuvlarini sud, hakamlik tomoni-dan to'g'ri hal qilish imkonini beradi. Buxgalteriya hisobida hujjatlashtirish yordamida davlat reja-topshiriqlarining bajarilishini nazorat qilib, o'z vaqtida zarur ma'lumotlarni tezlikda olish imkoniyati yaratiladi. Hujjatlashtirish yordamida xo'jalik mablag'larining harakati-ni o'z vaqtida to'g'ri hisobga olish, shuningdek bir moddiy javobgar shaxsdan ikkinchisiga o'tkazishda moddiy qiymatliklarning butligi ta'minlanadi. Shuning uchun ham xo'jalik operatsiyalarini hujjat-lashtirish natijasida mulk qo'riqlanadi. Hujjatlashtirilgan hamma ma'lumotlar korxonalarning ham-ma ishlari ustidan muayyan xo'jalik rahbarlari nazoratini ta'min-lashi bilan birga, davlat va jamoat nazorat vakillariga ham ana shu ishlarning qonuniyligini isbotlash imkonini beradi. Hujjatlashtirish yordamida hamma hisob-kitoblar amalga oshiriladi, xo'jalikning ishlab chiqarish-moliyaviy natijalari aniqla-nadi, har bir xodimning mehnat natijalari, xarajat va daromad ko'rsatkichlari va hoka'zolar topiladi. Demak, hujjatlashtirish xo'jalikda amalga oshirilgan xo'jalik operatsiyalari ustidan nazorat o'rnatish bilan birga, iqtisodiyot tartibini ta'minlaydi va oqibat natijada hisobni mustahkamlaydi. Boshlang'ich hujjatlar xo'jalik operatsiyalarining amalga oshirilganligini qayd qiladi. Davlat, kooperativ va boshqa jamoat tashkilotlari, korxona va muassasalarda (bank muassasalari va jamoa xo'jaliklaridan tashqari) boshlang'ich hujjatlarni tuzish, qabul qilish, saqlash va buxgalteriya hisobida qayd qilish tartibi «Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi haqida nizom» bilan o'rnatilgandir. Shu qoida talablari asosida tuzilgan boshlang'ich hujjatlargina buxgalteriya hisobi registrlariga kayd kilinadi va amalga oshirilgan xo'jalik operatsiyalari haqida ma'lumotlar uchun asos bo'lib hisoblanadi. Boshlang'ich hujjatlar xo'jalik operatsiyasi sodir bo'lgan paytda tuzilishi va ularda aniq (ishonchli) ma'lumotlar kayd qilinishi kerak. Eskirgan va ixtiyoriy tuzilgan shakllarning ish qog'ozlaridan foydalanish mumkin emas. Ayrim hollarda boshlang'ich hujjatlarni mashina o'qiy oladigan ma'lumot tashuvchilarda ham tuzish mumkin. Quyidagi rekvizitlari bo'lgan boshlang'ich hujjatlargina huquqiy kuchga ega bo'ladi: ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
94.22 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
94.22 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: doc