Reja: Notariat tushunchasi va vazifalari Davlat notarial idoralarida va boshqa organlar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar Shartnomalar va boshqa bitimlarni guvohlantirish bo'yicha bajariladigan notarial harakatlar yer va xotinning umumiy mulk hissasiga bo'lgan huquqlari to'g'risida guvohnomalar berish Ijro xatlarini yozish Hujjatlardan olingan ko'chirmalarning to'g'riligini tasdiqlash Yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni tasdiqlash va notarius tomonidan bajariladigan boshqa ba'zi notarial harakatlar Notariat tushunchasi va vazifalari Notariat atamasi lotincha «notarius» so'zidan olingan bo'lib, xat yozuvchi, kotib ma'nosini bildiradi. O'zbekiston Respublikasida notariat deb fuqarolar hamda tashkilotlarning huquqlarini hamda yuridik ahamiyatga ega bo'lgan aktlarni guvohlantiruvchi va bu huquqlar hamda faktlarni tasdiqlash bilan bog'liq bo'lgan harakatlarni amalga oshiruvchi davlat va xususiy idoralarga aytiladi. Notariat (notarial idoralar) yuridik faktlarni belgilaydigan va fuqarolik huquqlari to'g'risidagi nizolarni hal qiluvchi sud muassalaridan farqlanadi. Bu idoralar fuqarolar bilan bevosita uchrashish yo'li bilan yoki qonunda ko'rsatilgan hollarda hujjatlarga asosan nizosiz huquqlarni va yuridik faktlarni guvohlantiradi. O'zbekiston Respublikasida notariatning tashkil etilishi prinsiplari va faoliyati O'zbekiston Respublikasining notariati to'g'risidagi 1996 yil 26 dekabrdagi qonuni,1 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Notariati to'g'risida» chiqarilgan qarorlari bilan va O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi notarial idoralar tomonidan notarial harakatlarni bajarish tartibi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarining notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarning notarial harakatlarini amalga oshirish tartibi to'g'risida»gi 1997 yil 28 aprel qo'llanmasi, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hay'atining 1997 yil 28 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan. «O'zbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarida xususiya amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarning ish yuritish tartibi haqida»gi qo'llanma, O'zbekiston Respublikasi Adliya Vaziriligi hay'atining 1997 yil 28 aprelda tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolari yig'inlarining raislari (oksoqollari) tomonidan belgilangan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to'g'risida»gi ko'llanma hamda boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. O'zbekiston Respublikasida notarial harakatlarni bajarish davlat yoki xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarial idoralarga yuklatilgan. Notarial idoralar bo'lmagan aholi yashaydigan joylarda (punktlarda) ba'zi notarial harakatlar fuqarolar yig'inlarining raislari (oksoqollari) tomonidan amalga oshiriladi. Chet mamlakatlarda notarial harakatlarni bajarish Respublika fuqarolar va tashilotlar manfaatlarini ko'zlab O'zbekiston Respublikasining konsullik muassalarini notarial harakatlarni amalga oshirish vakolati berilgan mansabdor shaxslariga yuklatilgan. Notarial idoralar va shaharlar, qishloqlar va ovullar fuqarolarining raislari o'z ishlarini, faoliyatini amalga oshirishda amaldagi qonunlarga, jumladan, O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, Oila kodeksiga va Fuqarolik Protsessual Kodesiga asoslanadilar. Notarius o'z faoliyatida mustaqil bo'lib, bu faoliyatni amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga amal qiladi. Notariusning faoliyat ko'rsatish hududi (notarial okrug) O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy bo'linishiga muvofiq belgilanadi. Tumanlarga bo'lingan shaharlarda tegishli shaharning butun hududi notarial xizmat ko'rsatish hududi hisoblanadi. Korakalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi yoki tegishli adliya ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
177.8 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
177.8 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: doc