O'zbekiston Respublikasida o'lim jazosining bekor qilinishi - inson huquqlari ustuvorligini ta'minlashning muhim omili sifatida

O'zbekiston Respublikasida o'lim jazosining bekor qilinishi - inson huquqlari ustuvorligini ta'minlashning muhim omili sifatida

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasida o'lim jazosining bekor qilinishi - inson huquqlari ustuvorligini ta'minlashning muhim omili sifatida - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasida o'lim jazosining bekor qilinishi - inson huquqlari ustuvorligini ta'minlashning muhim omili sifatida 1992 yilda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinib, unga asosan inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr-qimmati va boshqa huquqlari oliy qadriyat deb elon qilindi. Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi ekanligi va inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyat deb belgilandi. Inson va fuqaroning asosiy huquq va erkinliklari tizimida yashash huquqi, nafaqat mazkur huquqning har kimga tug'ilganidan boshlab tegishliligi va ajralmas ekanligi, balki insonning Konstitutsiyada berilgan va kafolatlangan hamda qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar tomonidan himoya qilinadigan barcha mavjud huquq va erkinliklarga ega bo'lishining dastlabki sharti va garovi hisoblanadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 3-moddasida har bir inson yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi belgilab qo'yilgan. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi Paktning 6-moddasi 1-bandida bunga keng ta'rif beriladi: «Har bir insonning yashash huquqi uning ajralmas huquqidir. Bu huquq qonun bilan muhofaza etiladi. Hech kim o'zboshimchalik bilan insonni yashash huquqidan mahrum qila olmaydi». O'zbekistonda inson, uning hayoti, erki, shani, qadr-qimmati va boshqa huquq hamda erkinliklari muqaddasdir. Mamlakatimizda inson huquqlarining eng asosiysi hisoblanmish yashash huquqining konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi o'z navbatida davlat oldiga inson hayotini himoyalash va unga bo'ladigan turli xil ijtimoiy xavfli tajovuzlarning oldini olishning amaldagi mexanizmini yaratishdek o'ta mas'uliyatli vazifani qo'yadi. Yangi Konstitutsiyamiz asosida ishlab chiqilib, 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan va 1995 yil 1 aprelda kuchga kirgan Jinoyat kodeksi insonning yashash huquqini himoyalash sohasida o'ziga xos o'rin tutib, yashash huquqini himoya qilish choralaridan iborat tizimni tashkil etadi. Jinoyat kodeksi Maxsus qismidagi normalarning 26% muayyan darajada fuqarolar hayotiga tajovuz qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutishini takidlash bizningcha etarli. Jabrlanuvchining u yoki bu biologik xususiyatlari va ijtimoiy sifatlaridan qati nazar, fuqarolar hayoti jinoyat qonunlari bilan muhofazalanadi. Chunonchi, xoh go'dak, xoh qariya, xoh jismonan sog'lom, xoh nogiron, xoh ruhiy noraso bo'lsin, umuman, barchasining hayotini muhofazalashga qaratilgan. Muayyan darajada inson o'limiga sabab bo'ladigan qilmishlar jinoyat qonunlari tomonidan ijtimoiy xavfli deb tan olinadi, chunki har bir inson hayoti ijtimoiy qadriyat hisoblanadi. Odamlar esa, o'z navbatida, har qanday ijtimoiy munosabatlarning ajralmas tarkibiy qismi bo'lib, mazkur munosabatlar insonlar ishtirokisiz real mazmunga ega bo'lmagan mavhumlikka aylanadi. 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan va 1995 yil 1 aprelda kuchga kirgan Jinoyat kodeksida 13 ta modda bo'yicha, yani: javobgarlikni og'irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o'ldirish (97-modda ikkinchi qismi), nomusga tegish (118-modda to'rtinchi qismi), jinsiy ehtiyojni zo'rlik ishlatib g'ayritabiiy usulda qondirish (119-modda to'rtinchi qismi), agressiya (151-modda ikkinchi qismi), urushning qonun va udumlarini buzish (152-modda), genotsid (153-modda), ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.67 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.67 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga