O'zbekiston Respublikasida Prezident saylovi

O'zbekiston Respublikasida Prezident saylovi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasida Prezident saylovi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasida Prezident saylovi Reja 1-. Prezidentlik boshqaruv usuli - o'zbek milliy davlatchiligi o'zagi 2-. O'zbekistonda prezidentlik saylovining konstitutsiyaviy asoslari 3-. Prezidentlik saylovi to'g'risidagi qonunchilik 4-. Prezidentlik saylovlarida aktiv va passiv saylov huquqi 5-. Prezidentlik saylovining asosiy tashkiliy-huquqiy mexanizmlari va prinsiplari 6-. O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko'rsatish 7-. Prezidentlik saylovlarini o'tkazish va ovoz berish 1-. Prezidentlik boshqaruv usuli - o'zbek milliy davlatchiligi o'zagi O'zbekiston sobiq ittifoqdagi Respublikalardan birinchi bo'lib, prezidentlik boshqaruvini joriy etgan, hamda keng miqyosdagi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va madaniy-ma'naviy islohotlarni amalga oshirish, jamiyatni tubdan o'zgartirish va yangilash yo'liga o'tgan suveren davlatdir. Darhaqiqat, yurtboshimiz takidlaganidek, «O'zbekiston tarixida ilk marta joriy etilgan Respublika Prezidenti lavozimi yangi O'zbekiston davlat hokimiyati organlari tizimida markaziy o'rinni egalladi. U siyosiy tizimning o'zagi bo'lib qoldi». Prezidentlik boshqaruvida Prezidentning davlat boshlig'i va ijro hokimiyati boshlig'i sifatidagi vakolatlari mujassamlashgan. Prezidentlik hokimiyati jamiyatdagi siyosiy barqarorlik va millatlararo totuvlikning va O'zbekiston demokratik islohotlari yo'lidan muaffaqiyatli borishning kafolati bo'lgani holda, mustaqil o'zbek davlatchiligi binosining asosiy tayanchiga aylandi. O'zbekiston prezidentlik Respublikasidir. Bu-insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e'tiqodlaridan qati nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan boshqaruv usulidir. Xalqning xohish-irodasi prezidentlik hokimiyati siyosatini belgilab beradi. Prezidentlik boshqaruvi inson va jamiyatning farovonligini, O'zbekiston barcha fuqarolarining munosib turmushini ta'minlashga qaratilgandir. Prezidentlik hokimiyati insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishni kafolatlaydi. Prezidentlik hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari faoliyatini mamlakat oliy maqsadlari yo'lida muvofiqlashtiradi. Bizning davlatimizni katta bir oila deb tushunish mumkin. Aynan shu manoda Prezident millat timsoli, davlat ramzi sifatida namoyon bo'ldi, Oilada, davlatda o'zaro hurmat va qattiq tartib bo'lmasa, oilaning barcha a'zolari, davlatning fuqarolari o'z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko'rsatmasa munosib hayot ko'rish mumkin emas. Kuchli ijroiya hokimiyati bo'lmasa hatto eng demokratik yo'l bilan qabul qilingan qonunlar ham bajarilmasligi mumkin. Bu esa qonunlarning so'zsiz bajarilishini, fuqarolarning huquq va erkinliklarining himoya qilinishi, siyosiy va iqtisodiy islohotlar turmushga tadbiq etilishini ta'minlaydigan prezidentlik hokimiyatini taqozo etdi. Shunday qilib, prezidentlik boshqaruvi barqarorlik, fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikni ta'minlash, qonunchilik va huquq-tartibotni qaror toptirish, hamda konstitutsiyaviy tuzum barpo etish asosidir. Prezidenlik boshqaruvi davlat tushunchasi, uning mano-mohiyatini tubdan o'zgartirdi. Prezident islohotlarning bosh tashabbuskori hamda ularning muvofiqlashtiruvchi asosiy kuchga aylandi. O'zbek davlati bozor iqtisodi munosabatlariga vazminlik bilan, puxta o'ylangan holda, bosqichma-bosqich o'tishni amalga oshirmoqda. 2-§. O'zbekistonda prezidentlik saylovining konstitutsiyaviy asoslari Mustaqil O'zbekiston davlatchiligining rivojlanishida 1992 yilning 8 dekabrida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi tarixiy voqea bo'ldi. Bu hol butun saylov tizimning siyosiy-huquqiy jihatdan tubdan yangilash va isloh ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.89 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.89 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga