O'zbekiston Respublikasida prokuratura organlarining huquqiy asoslari

O'zbekiston Respublikasida prokuratura organlarining huquqiy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasida prokuratura organlarining huquqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston respublikasida prokuratura organlarining huquqiy asoslari Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari. О'zbekiston Respublikasi­ning Konstitutsiyasiga asosan, O'zbekiston hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishini O'zbekiston Respublikasining Bosh prokuron va unga bo'ysunuvchi prokurorlar nazorat qiladilar. Prokuratura organlarining maqsad va vazifalari birinchi navbatda qonunning ustunligini har tomonlama qaror toptirishga, huquq-tartibotni mustahkamlashga, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan inson va fuqaroning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari hamda erkinliklarini, shuningdek, davlat mustaqilligini, Konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, siyosiy va iqtisodiy tizimlarni, milliy guruhlar va hududiy tuzilmalarning huquqlarini g'ayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilishni ta'minlashga qaratilgan. O'zbekiston Respublikasi prokuratura idoralari faoliyatini tashkil etish hamda prokurorlarning vakolatlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 2001-yil 11-mayda qabul qilingan «Prokuratura to'g'risida»(yangi tahrirda)gi Qonun va O'zbekiston Respublikasi hududida amalda bo'lgan boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. «Prokuratura to'g'risida» (yangi tahrirda)gi Qo-nunning 4-moddasiga muvofiq, prokuratura organlari o'z faoliyatlarini quyidagi asosiy yo'nalishlarda amalga oshiradilar: - vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar, shuningdek fuqarolar tomonidan qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish; - ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyathuquqiy ta'sirning boshqa choralarini ijro etish chog'ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish; - O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarining harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish; - qonuniylikni ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvoiiqlashtirish; - jinoyat yuzasidan dastlabki tergov olib borish; - sud muhokamasining barcha bosqichlarida va qonun hujjatlarini qo'llash amaliyoti to'g'risidagi masalalar sud tomonidan ko'rilayotganda ishtirok etish; - qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish ishida ishtirok etish kabilardir. Prokuratura organlari O'zbekiston Respublikasi faoliyati prinsiplari prokuratura organlari faoliyatini amalga oshirishning o'ziga xos prinsiplari mavjud. Quyi pog'onadagi prokurorlar yuqori pog'onadagi prokurorlarga bo'ysunish tartibida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori boshchiligidagi yagona markazlashgan tizimni tashkil etadilar. Ushbu tamoyil barcha darajadagi prokurorlar oldida turgan maqsad va vazifalarning birligini hamda qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish shakli va uslublarining umumiyligini, qonun buzilishi holatlariga nisbatan prokurorning ta'sir ko'rsatish vositalari, shuningdek qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini ko'rish-ning yagonaligini anglatadi. Prokuraturaning yagona va markazlashtirilganligi prokuratura tizimining barcha boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunlarni aniq va bir xilda ijro etishlarining na-zoratini amalga oshirishda ifodalanadi. Ushbu prinsip O'zbekiston Respublikasining hududida yagona qonunchilikning o'rnatilishini ta'minlaydi. Prokuratura organlari nazoratni va o'z vakolatlarini davlat hokimiyati hamda mahalliy boshqaruv idoralaridan, mansabdor shaxslardan, jamoat birlashmalaridan mustaqil ravishda, O'zbekiston Res­publikasi hududida amal qilib turgan qonunlarga, xalqaro va davlatlararo shartnomalarga (bitimlarga) qat'iy rioya etib va faqat O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo'ysungan holda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 178.64 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 178.64 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga