O'zbekiston Respublikasida qonun chiqarish hokimiyatining amalga oshirilishi va konstitutsiyaviy asoslari

O'zbekiston Respublikasida qonun chiqarish hokimiyatining amalga oshirilishi va konstitutsiyaviy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasida qonun chiqarish hokimiyatining amalga oshirilishi va konstitutsiyaviy asoslari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasida qonun chiqarish hokimiyatining amalga oshirilishi va konstitutsiyaviy asoslari Reja: 1. Qonun chiqaruvchi hokimiyat tushunchasi. 2. О'zbekiston Respublikasida saylov huquqi va saylov tizimi. 3. Oliy Majlis - О'zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi Oliy hokimiyat organi. 4. О'zbekistonda parlament islohoti. Qonun chiqaruvchi hokimiyat tushunchasi. О'zbekiston mustaqil taraqqiyot mobaynida umuminsoniy qadriyatlar va boy milliy an'analar bilan yо'g'rilgan о'ziga hos rivojlanish yо'lini aniqlab oldi. Shu asosda siyosiy-huquqiy amaliyotda jahon parlamentarizmining boy tajribasidan unumli foydalanilib, respublika Konstitutsiyaviy tuzumida xalq hokimiyatchiligi, hokimiyatlarning bо'linishi prinsiplariga mos davlat organlari tizimini shakllantiriladi. Insoniyat taraqqiyot tafakkurining mahsuli hisoblangan hamda jamiyatning umummilliy vakillik muassasasi sifatida dunyoga kelgan parlament uzoq yillar davomida tarixga ega va uning ildizlari ingliz parlamenti va ispan korteslariga borib taqaladi. Parlament sо'zining lug'aviy ma'nosi fransuz tilidan olingan bо'lib, gapirmoq ma'nosini anglatadi. Parlamentarizm katta taraqqiyot bosqichini bosib о'tdi va uning chinakam tarihi burjua inqiloblari davridan boshlanadi. Endilikda aksariyat mamlakatlarning parlament institutiga ega ekanligini ta'kidlab о'tmoq joiz. Hozir yer kurrasidagi 200ga yaqin davlatning qariyb 177 tasida oliy qonun chiqaruvchi vakillik organi - parlamentlar bor. Konstitutsiyaning 10-moddasida, davlat hokimiyatining birdan-bir manbai - xalq nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishligi qayd etilgan. Oliy Majlis О'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy qonun chiqaruvchi vakillik organidir. Oliy Majlis bevosita xalq tomonidan saylanadigan va qonun chiqarish faoliyatini amalga oshiradigan birdan-bir umummilliy vakillik organi hisoblanadi. О'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tо'g'risidagi 1994 yil 22- sentyabrdagi Konstitutsiyaviy qonun О'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasi mazmunini yanada rivojlantirib, Oliy Majlis о'z vakolatiga berilgan har qanday masalani о'z muhokamasiga qabul qilish huquqiga ega ekanligini qayd etadi. О'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida aytilganidek, davlat hokimiyatining tizimi - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bо'linish prinsipiga asoslanadi. Unga kо'ra, davlat funksiyalari qonun chiqaruvchi organ - Oliy Majlis, davlat va ijroiya hokimiyati rahbari - О'zbekiston Respublikasining Prezidenti va sud hokimiyati о'rtasida taqsimlanadi. О'zbekiston Oliy Majlisi esa davlatning boshqa idoralari bilan hamkorlik qilish bilan birga, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Oliy Majlisning qonun chiqarish faoliyati о'z ahamiyatiga kо'ra u amalga oshiradigan boshqa vakolatlar orasida ustuvor hisoblanadi. Konstitutsiyaning 7b-moddasida Oliy Majlisning boshqa biron vazifasi kо'rsatilmagan. Lekin shuni ta'kidlash joizki, Oliy Majlisga uning Konstitutsiyaviy maqomi doirasida shunday vakolatlar berilganki, ulardan kelib chiqib, parlament ba'zi bir nazorat funksiyalarini ham bajara oladi. О'zbekiston Respublikasida saylov huquqi va saylov tizimi. Konstitutsiyaning 117-modda О'zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga va saylanish huquqiga egadirlar deb ta'kidlangan. Har bir saylovchi bir ovozga ega. О'z xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. О'zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.27 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.27 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga